Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
6.69K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Yo'ldoshov Og'abek "Mard o'g'lon" Davlat mukofoti sohibi bo'ldi.

💰"Mard o'g'lon" Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

👏 Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan barcha yigitlarni samimiy muborakbod etamiz. O'quvchimiz Og'abekni ham ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qish va ishlarida omad tilaymiz.
O‘QITUVCHINING FARZANDI "MARD O‘G‘LON" KO‘KRAK NISHONI SOHIBI BO‘LDI

Xabaringiz bor, Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf bitiruvchisi YO'LDOSHOV OG‘ABEK NE'MATJON O‘G‘LI
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Og‘abekning shunday yutuqqa erishishida ota-onasining hissasi beqiyos albatta. O‘quvchimizning otasi Ne'matjon Qlichev Xiva shahridagi "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ustoz 2022-yilda "Konstitutsiyaning 30 yilligi" munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, 2023-yilda "Shuhrat" medali sovrindori bo‘ldi.

Farzandining erishgan yutug‘i bilan avvalo ustoz Ne'matjon Qlichevni ham samimiy qutlaymiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi
qarori bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Live
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❇️ Ayni damda Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal