Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
7.38K photos
1.22K videos
57 files
2.91K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.

Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
 
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.

Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Spikerlar_bilan_tanishtiramiz

⚡️"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi doirasida o’z sohasida muvaffaqiyatga erishgan mahalliy spikerlar tomonidan ham mahorat darslari bo’lib o’tadi:

Tursunoy Usmonova: “Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari”;
Nargiza Alikulova: “Brend yaratishda hikoya qilishning (Storytelling) asosiy jihatlari”;
Madina Mavlanova: ”Grafik dizayn yo’nalishida muvaffaqiyatga erishish formulasi”,
Dilfuza Kurolova: "Inson huquqlari va uni himoya qilish”.

❗️
Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mutaxassislar yordamida biz bilan birgalikda o’rganing!


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, maktablarda o‘quv jarayonlarining sifat-samaradorligini oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, shu yilning 25-29-mart kunlari Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Ushbu seminarda ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, ular Toshkent shahriga yetib kelishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navruz_holiday

OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

Xiva shahridagi Prezident maktabida NAVRO'Z bayrami munosabati bilan bayrami tadbir bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Jarayonlardan parchani videorolik orqali ko'rishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Festival

TEATR - IBRATXONADIR!

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida o'tkazilayotgan teatr festivalining ochilish marosimi boshlandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram 
Facebook| You tube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#Teatr_festivali

⚡️Mazkur teart festivalida Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham ishtirok qilmoqda.

Jamoamiz ma'rifatparvar jadid bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush yohud o'qimag'on bolaning holi" dramasini sahnalashtirishadi.

⭐️Jamoamiz a'zolariga omad tilaymiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram 
Facebook| You tube
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda.

❗️Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

Digital Art,
3D Modelling,
Sun'iy intellekt,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o'tkazilmoqda.

⚡️Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo'nalishi qo'shilgan bo'lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma'lumot berilmoqda.

Bugun mashg'ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Xususan:

🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti professsor-o'qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug'ullanishi haqida 5 afsona"
🔹 T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Respublika tanlovi mashg'ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM