Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.73K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


πŸ‘‰ instagram.com/psinkhiva
πŸ‘‰ https://t.iss.one/PSinKhiva
πŸ‘‰https://www.facebook.com/psinkhiva
πŸ‘‰ @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Hamkorlik
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktabi

πŸ“† Sentabr oyining 27-sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning xorijiy tilni o'rganishda bilim va ko'nikmalarini oshirish, ingliz tilini bilish darajasi sertifikatlarini olishga tayyorgarlik ko'rish jarayonining o'ziga xos jihatlari haqida tavsiyalar berish maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori Sattorbek Yo'ldashev bilan suhbat tashkil etildi.


πŸ”ΉTadbirni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi va olib bordi.

πŸ”ΈUchrashuv yuqori ruhda bo'lib o'tdi, o'quvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

πŸ“„ Ma'lumot oβ€˜rnida, yaqinda Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

πŸ‘‰Telegram|πŸ‘‰ Facebook|
πŸ‘‰YouTube| πŸ‘‰ Instagram
#Faxrimiz
#IELTS

βš‘οΈπ‘Ώπ’Šπ’—π’‚ π’”π’‰π’‚π’‰π’“π’Šπ’…π’‚π’ˆπ’Š π‘·π’“π’†π’›π’Šπ’…π’†π’π’• π’Žπ’‚π’Œπ’•π’‚π’ƒπ’Šπ’π’Šπ’π’ˆ 10-π’”π’Šπ’π’‡ 𝒐'π’’π’–π’—π’„π’‰π’Šπ’”π’Š 𝓩π“ͺ𝓻𝓷𝓲𝓰𝓸𝓻 𝓨𝓾𝓼𝓾𝓹𝓸𝓿π“ͺ 𝑰𝑬𝑳𝑻𝑺 π’Šπ’Žπ’•π’Šπ’‰π’π’π’Šπ’…π’‚ 𝒐'𝒛 π’ƒπ’Šπ’π’Šπ’Žπ’Šπ’π’Š π’”π’Šπ’π’‚π’ƒ 8 𝒃𝒂𝒍𝒍 π’π’‚π’•π’Šπ’‹π’‚π’π’Š 𝒒𝒐'π’π’ˆπ’‚ π’Œπ’Šπ’“π’Šπ’•π’…π’Š.

πŸŽ‰ π’π’‚π’“π’π’Šπ’ˆπ’π’“π’π’Šπ’π’ˆ π’Œπ’†π’šπ’Šπ’π’ˆπ’Š π’‡π’‚π’π’π’Šπ’šπ’‚π’•π’Šπ’…π’‚ π’‰π’‚π’Ž π’šπ’–π’Œπ’”π’‚π’Œ π’Žπ’‚π’“π’“π’‚π’π’‚π’“π’π’Š π’†π’ˆπ’‚π’π’π’‚π’”π’‰π’Šπ’π’Š π’•π’Šπ’π’‚π’šπ’Žπ’Šπ’›.

π‘΄π’‚π’Œπ’•π’‚π’ƒπ’Šπ’Žπ’Šπ’› π’Šπ’‹π’•π’Šπ’Žπ’π’Šπ’š π’•π’‚π’“π’Žπ’π’’π’…π’‚:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Tanlov
#Ustozlar_kuni

"USTOZIMGA..." NOTIQLAR TANLOVI

βœ… Xiva shahridagi Prezident maktabida o'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida sana munosabati bilan notiqlik tanlovi o'tkazildi.

⚑️O'quvchilarning ustozlarga nisbatan dil izhorlari yig'ilganlarni ta'sirlantira oldi.

πŸ† Tanlov yakuniga ko'ra eng yaxshi deb topilgan nutq egalari diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Mutolaa

UygΚ»onish toΚ»plami β€” millatni uygΚ»ota olganlar haqida millatni uygΚ»otadiganlarga!

ToΚ»plamda al-Xorazmiy, al-FargΚ»oniy, al-Buxoriy, Moturidiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino kabi jahon ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoΚ»shgan ajdodlarimiz haqida qimmatli maΚΌlumotlar oΚ»rin olgan.

Kitoblarni oΚ»qish orqali buyuk insonlar haqida maΚΌlumot olasiz, oΚ»zingiz ham ular kabi buyuk boΚ»lishga intilasiz.

Mazkur to'plam ta'lim muassasalari va tashkilotlarga bepul tarqatilishi ko'zda tutilgan.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi toβ€˜gβ€˜risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog β€” tarbiyachi, oβ€˜qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obroβ€˜-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud boβ€˜lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qoβ€˜llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda koβ€˜p muhokamalarga sabab boβ€˜ladigan masala, pedagog xodimlarga oβ€˜z kasbiy faoliyati bilan shugβ€˜ullanishiga gβ€˜ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog oβ€˜z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogβ€˜ida oβ€˜z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroβ€˜sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga koβ€˜taradi, deb oβ€˜ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlugβ€˜ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak boβ€˜lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#prezident_maktablari

Kun keladi bir kun parvoz qilgaymiz,
Olis samolarni biz ham koβ€˜zlaymiz.
Sizga goβ€˜zal tabrik izhor qilgaymiz,
Ustozlar bayrami muborak, ustoz!

⚑️ Fargβ€˜ona shahridagi Prezident maktabi oβ€˜quvchisi Gulnoraxon Sobirjonovadan ustozlarga bayram tabrigi.

πŸ“Fargβ€˜ona shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#UstozΔ±m
#Ustozlar_bayrami

O'QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAG'ISHLANADI!

Samimiy zotlarga samimiy o'xshatishlar...

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
β€œBarqaror rivojlanish madaniyatini targβ€˜ib qilish va Oβ€˜zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish boβ€˜yicha” Milliy strategiya qabul qilindi

βœ…Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida yoshlar tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Milliy strategiyani imzolash marosimi boβ€˜lib oβ€˜tdi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, UNESCOning Ta'lim bo'yicha mutaxassisi Mariko Fujisawa qatnashishdi.

⚑️Uchrashuvda, shuningdek Toshkent shahridagi 81-maktab va Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oβ€˜quvchilari ishtirok etishdi.

❕Ma’lumot uchun, mazkur ikki maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti β€” Yashil bayroqqa sazovor bo’lishgan.

Tadbir davomida mas'ullar ekologik muammolarning naqadar dolzarbligi va ushbu qabul qilinayotgan Milliy strategiyaning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.

βœ”οΈ Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, mas'ul vazirlik va yoshlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur hujjatda:

βž–bolalarda ekologik muammolar boβ€˜yicha koβ€˜nikmalarni rivojlantirish;
βž– mamlakatda iqlimbardosh va muqobil energetika manbalaridan keng foydalanish;
βž–oziq-ovqatni isrof qilmaslik va chiqindilarni qayta ishlash;
βž–ekologiyani asrashga oβ€˜z hissasini qoβ€˜shganlarni munosib ragβ€˜batlantirish kabi yoβ€˜nalishlar boβ€˜yicha chora-tadbirlar belgilanayotganligi
ta'kidlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM