Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
7.47K photos
1.22K videos
57 files
2.94K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI

Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot — Cambridge Assessment International Education tomonidan amalga oshiriladi.

Saralash natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.

Quyidagi havolalar orqali natijalar bilan hududlar kesimida tanishib chiqishingiz mumkin

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

❗️ESLATMA

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

📌 Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– geometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.
8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida ertaga imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 28-,29-,30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!

🌐 Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati hududlar kesimida Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR RO‘YXATI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI VA ULARNING YUTUQLARI TO‘G‘RISIDA

2021 yilda (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi) Prezident maktablarini ilk bor jami 96 nafar o‘quvchi bitirib, ularning 86 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun taklif olgan. Ular xorijiy oliygohlarning jami 18 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutishgan.

2022 yilda (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi) Prezident maktablarini jami 92 nafar o‘quvchi bitirib, ularning 88 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun taklif olgan. Ular xorijiy oliygohlarning jami 28 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutishgan.

📆Bugungi kunda 2021 yilda bitirganlarning 33 nafari, 2022 yilda bitirganlarning 36 nafari xorijdagi oliygohlarda tahsil olishmoqda.

2023 yilda 14 ta Prezident maktabining 11-sinflarini  tamomlayotgan 326 nafar o‘quvchilarning barchasi (100%) xalqaro til bilish (IELTS) sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

🗣Shuningdek, ularning 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT)  sertifikatga ega bo‘lishdi.

📈 Ularning 84 foizi (275 nafari) muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliygohlarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🧮 Bitiruvchilar xorijiy oliygohlarning jami 104,4 mln. dollar miqdorida taʼlim grantini yutib olishga muyassar bo‘lishdi.

❗️Shundan 5,5 foizi (18 nafari) to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

📌 Kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
You tube  | Facebook
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BIRINCHI BOSQICHIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TGAN O‘QUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz
#Xushxabar

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchisi Sa'dullayeva Madina Koreyadagi Top universitetlar safiga kiruvchi Sogang universitetiga talaba sifatida qabul qilindi.

Madina Sa'dullayeva Sogang universiteti tomonidan ajratilgan grant sohibasi bo'ldi.

✔️Sogang universiteti Seulda joylashgan nufuzli tadqiqot universiteti. Universitet yuqori akademik standartlari bilan mashhur va doimiy ravishda Janubiy Koreya va Osiyodagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi.

🎉Madinaga bundan keyingi o'qishlarida ham ulkan zafarlar yor bo'lishini, doimo olg'a intilishini tilab qolamiz!

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
📘telegram 📙instagram
📗facebook 📕you tube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sa'dullayeva Madina Koreya davlatidagi "Sogang" universitetiga o‘qishga qabul qilindi.

"Sogang" universiteti Seul shahrida joylashgan nufuzli tadqiqot universiteti hisoblanadi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📆 Bugun Agentligimiz tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

🎞 Lavhalarda:
1️⃣. “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi;
2️⃣. Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi".

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM