Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
7.34K photos
1.21K videos
57 files
2.9K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zakovat_quiz

ZAKOVATDA KUCH!


⚡️ Xiva shahridagi Prezident maktabida "ZAKOVAT QUIZ" bellashuvi o'tkazildi.

Bellashuv noodatiy tarzda bo'lib o'tdi. Qiziqarli shartlar asosida jamoalar bellashib, PARADOKS guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram  📕instagram
📗facebook 📙you tube
#Kun_tarixi

📆Bugun 11-aprel:

✔️Liberiya - Xotira kuni.

✔️Uganda - Ozodlik kuni.

✔️1899-yil - Ispaniya Puero-Riko orolini Amerika Qo'shma Shtatlariga berdi.

✔️1927-yil - Belorusiya konstitutsiyasi qabul qilindi.

✔️1963-yil - Aleksey Mishurin va Nikolay Litusning "Benzokolonka malikasi" kinokomediyasi ekranlarga chiqdi.

✔️2002-yil - Venesuelada davlat to'ntaruviga urinishdi.

✔️2008-yil - Vashingtongda jurnalistika va yangiliklar muzeyi yangi qurilgan binoda ochildi.

➡️Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/PSinKhiva
#Vatan_boʻylab_sayohat

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari Xivadagi me'moriy yodgorlik Nurullaboy saroyi bo'ylab sayohat qilishdi.

Nurullaboy saroyiga bo'lgan sayohatda o'quvchilarimiz saroyning qurilish tarixi, ichki xonalari, saroydagi qadimiy buyumlar, o'sha davr hukmdorlari haqida ham ko'pgina ma'lumotga ega bo'lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram 📕instagram
📗facebook 📙you tube