Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
7.34K photos
1.21K videos
57 files
2.9K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlov 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 o‘rin, magistratura uchun 275 o‘rin, doktorantura uchun 150 o‘rin stipendiyalar ajratiladi.

📄 Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2023-yil 1-maydan 1-iyunga qadar davom etadi.

Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan:👉 https://admission.eyuf.uz

💰 Tanlovda g‘olib bo‘lgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi.

Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🎥 Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilayotgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha seminar trening jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram  📕instagram
📗facebook 📙you tube
#dars_jarayonlari

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabida Kimyo fanidan amaliy dars jarayonidan fotolavhalar.

Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy bog'liq boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT

❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.

🏆 Mukofotlar:

🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun
#treningdan_fotolavhalar

🔰Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar treningning 2-yakuniy kuni bo'lib o'tdi.

✔️2 kunlik seminar trening tajribali va malakali trenerlar tomonidan olib borildi.

❗️Eslatib o'tganimizdek trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Bizni kuzatishda davom eting👇
🔹telegram   🔸instagram
🔸facebook  🔹you tube
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

JARAYON,
YAKUN VA
TAASSUROTLAR!


Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha seminar trening jarayonlari yakuniga yetdi.


Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram  📕instagram
📗facebook 📙you tube
#KUN_TARIXI

➡️Bugun 29-mart:

1906-yil - Xalq artisti, raqqosa, qo'shiqchi, aktrisa va xoreograf Tamara Xonim tug'ilgan kun.

1872-yil - Lev Tolstoy "Anna Karenina" romanini yozishni boshlagan.

1974-yil - Mariner10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.

Xitoy - Yoshlar kuni.

1940-yil - Angliya bankida qalbakisidan himoyalangan - yupqa metall ip bilan o'ralgan, yuqori sifatli birinchi qog'oz pul ishlab chiqildi.

Rossiya - Yuridik xizmat xodimlari kuni.

Madagaskar - Qahramonlar xotirasi kuni.

Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
📘telegram 📕instagram
📙facebook 📗you tube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#suhbat_jarayoni

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan pedagoglarning suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Tanlovning 3-bosqichi Xiva shahridagi Prezident maktabida olib borilmoqda.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
📘telegram 📙instagram
📕you tube 📗facebook