Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
6.85K photos
1.18K videos
57 files
2.76K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#mashgʻulot

🏹Xiva shahridagi Prezident maktabida etnosport turlaridan kamondan o'q otish mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

✔️O'quvchilar kamondan o'q otish sport turini amaliy jihatdan yaxshi o'zlashtirish bilan bir qatorda nazariy bilimlarini ham oshirib borishmoqda.

Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
VAZIR QASHQADARYOLIK BIR GURUH FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatida uzoq yillar davomida ta’lim sohasida mehnat qilib kelgan va ayni damda ham o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh faxriy ustozlar bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida ustoz pedagoglar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar, sifatli ta’limga erishish borasida bajarilayotgan ijobiy ishlar natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Yangi O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayotgani bejizga emas. Shuning barobarida pedagog ustozlarning obro‘sini oshirish, ta’lim sifati hamda maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash oldimizda turgan muhim vaziflardan sanaladi.

Ayniqsa, joylarda filial tarzida tashkil etilgan maktablar, ularda ta’lim olayotgan farzandlarimizning har tomonlama mukammal bilim egallashlariga alohida e’tibor qaratamiz
, — dedi vazir Hilola Umarova.

❗️Uchrashuv davomida 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazir Hilola Umarova Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishishda davom etmoqda.
#Tabriklaymiz
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

🎉Xiva shahridagi Prezident maktabining matematika fani o'qituvchilari Otayev Hamza va Iskandarov Sanjar ustozlar B2 darajali Cefr sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

✳️Muvaffaqiyat uchun hech qanday sir yo'q. Bu tayyorgarlik, mashaqqatli mehnat va muvaffaqiyatsizlikdan o'rganish natijasidir.

Ustozlarimizga kelajakdagi maqsad va rejalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Faxrimiz
#Olympiad

💥 Xiva shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ko'palov Shohjahon SEAMO X-2023 xalqaro (Southeast Asian Mathematical Olympiad) olimpiadasida ishtirok etib, KUMUSH MEDAL sohibi bo'ldi.

👏👏👏Biz Shohjahonning muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishiga ishonamiz!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
RASMIY MUNOSABAT

EKSTERNAT TARTIBIDAGI IMTIHONLAR MAKTABDA TA’LIM OLAYOTGAN O‘QUVCHILARGA TADBIQ ETILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin”
degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo'lmagan yolg'on xabarligini ma'lum qiladi.

Bu xabarlar maktabni o'z vaqtida tugata olmagan, ya'ni maktab yoshidan o'tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtixon topshirish uchun arizalar berish bilan bog'liq xabarning noto'g'ri talqin qilinganligi natijasida tarqatilmoqda,

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo'q va ularga tadbiq etilmaydi!
#dars_jarayoni

NAZARIYADAN AMALIYOTGA...

🔬Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari qo'shimcha dars mashg'ulotlarida Kembrij imtihonlarining laboratoriya qismiga tayyorlanishmoqda.

🔹Sir emaski, taʼlim jarayonlarida nazariya va amaliyot uyg'unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariyani amaliyot bilan bog'lash o'quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi.


🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣Xiva shahridagi Prezident maktabi quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:

1
. Ingliz tili o'qituvchisi;

2. O'quv bo'limi uslubchisi;

3. Kutubxonachi;

4. Robototexnika to'garak rahbari;


📌Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar oliy ma'lumotli bo'lishi, ish tajribasiga ega bo'lishi, xalqaro darajadagi til sertifikatga ega bo'lishi, IT savodxonligi yuqori bo'lishi shart!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun @Sattorbek_tutor ga murojaat qilishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
#ertalabgi_saflanish
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabida ertalabgi saflanish jarayoni matematika fani o'qituvchisi Iskandarov Sanjar ustoz tomonidan qiziqarli tarzda olib borildi.

Maktabimiz o'quvchilari erta bilan yaxshi kayfiyat hamda energiyaga to'lgan holda dars jarayonlarini boshlab olishdi.

🔹🔹🔹

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook | You tube