Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
6.91K photos
1.19K videos
57 files
2.78K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#World_read_aloud_day

📌Xiva shahridagi Prezident maktabida "World read aloud day" kuni o'quvchilar hamda o'qituvchilar orasida keng nishonlandi.

"Вutunjаhоn оvоz сhiqаrib о'qish kuni bаrсhаmiz uсhun hikоyаlаr bаhаm kо'rish, til, sо'z vа tоvushlаrdan zаvqlаnish vа hаmmа ishtirоk etishi mumkin bо'lgаn inklyuziv dunyоni yаrаtish quvоnсhi аtrоfidа birlаshish vаqtidir."

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
“Ютуқ пулини ота-онамга бердим, машина олишди” — Халқаро Менделеев олимпиадаси ғолиби билан суҳбат

Азимжон Жамолов – 56-Менделеев олимпиадасида олтин, Хитойда ўтказилган 54-Халқаро кимё олимпиадасида кумуш медални қўлга киритган. Ва шу ютуқлари сабаб ҳозир “Янги Ўзбекистон” университетига грант асосида ўқияпти. Бундан ташқари, Азимжон “Мард ўғлон” давлат мукофотини ҳам қўлга киритди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_hamjamiyati

“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

"LIDERLAR HAFTALIGI"DA 10104 NAFAR MAKTAB DIREKTORI ISHTIROK ETISHMOQDA

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

📍Treninglar butun Respublika bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va yurtimizning barcha hududlaridan 10104 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.
_________
📷Fotolavhalarda Qoraqalpog'iston, Farg'ona, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Liderlar_haftaligi
#Xiva_shahri

📣Joriy yilning 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔰Seminar-treningning 1-kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xiva tuman va Xiva shahrida joylashgan 65 ta umumta’lim maktablarining direktorlari jam bo‘lishdi.

Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablar uchun belgilangan asosiy ustuvor vazifalarini maktab rahbarlariga yetkazishdir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida

LIDERLIK HAFTALIGIGA START BERILDI

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan start berilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusidagi seminar-trening jarayonlari Xorazm telekanali va O'zbekiston 24 telekanali dasturlarida yoritildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi
ijtimoiy tarmoqlarda
:
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm
#Liderlar_haftaligi

ZAMONAVIY MAKTAB LIDERLAR NIGOHIDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar Xorazm viloyatida ham davom etmoqda...

Xiva shahridagi Prezident maktabi
ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram
Facebook | You tube