Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.73K subscribers
7.67K photos
1.24K videos
57 files
3K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madhiya_30_yilligi

🇺🇿 10-DEKABR - O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🔹telegram     🔸instagram
🔸you tube     🔹facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#IELTS
#12Yosh

⚡️Ilm olish, xorijiy tillarni o'rganish - kelajak uchun eng yaxshi poydevor.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi Ibragimova Parizoda 12 yoshida IELTS xalqaro imtixonida 7 ballni qo'lga kiritganini eshitib, juda quvondim🔥

Yosh bo'lishiga qaramay, katta natijalar uchun mehnat qilayotgan va bunga erishayotgan har bir o'quvchimiz bilan faxrlanamiz! 🎊

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#dars_jarayoni

MATEMATIKA FANLAR ICHRA SHOH, UNING SIRLARIDAN BO'LING OGOH

❇️Xiva shahridagi Prezident maktabida 6-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "3D fazoviy jismlarni yasash va hisoblash" mavzusida noan'anaviy dars jarayoni tashkil etildi.

🔰Dars qizg'in davom etdi. Faol qatnashgan o'quvchilar matematika ustozlari tomonidan rag'batlantirib borildi.

☑️☑️☑️

Biz ijtimoiy tarmoqlarda⬇️
▫️telegram ▫️instagram
▫️facebook ▫️you tube
#Faxrimiz
#SEAMO_olimpiadasi

💥Xiva shahridagi Prezident maktabining 13 nafar o'quvchilari SEAMO olimpiadasi g'oliblari safida!

🏆 O'quvchilarimiz maktabimiz yutuqlari safiga jami hisobda13 ta medal: 2 ta oltin🥇, 5 ta kumush🥈va 6 ta bronza🥉medallarini qo'shib qo'ydilar.

Quyidagi o'quvchilarimiz:

Masharipov Bekzodbek 🥇
Ko'palov Shoxjahon 🥇
To'xtaboyeva Deniz 🥈
Salayev Rasulbek 🥈
Otaboyev Islombek 🥈
Yo'ldoshev Abdulloh 🥈
Davronbekov Bardiboy 🥈
Ergashboyeva Rayhonoy 🥉
Ulug'bekov Mironshoh 🥉
Islomboyev Bunyodbek 🥉
Ozimboyev Abror 🥉
Komilov Javohir 🥉
Azadov Sanjarbek 🥉

🌟Maktabimiz o'quvchilariga omad yor bo'lsin!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz⬇️
🔹telegram 🔸instagram
🔸you tube 🔹facebook
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️YANA BIR MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Oqqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💠Unda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev hamda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi Alisher Karimjonov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, ushbu maktab aniq fanlarga ixtisoslashgan bo‘lib, 336 o‘ringa mo‘ljallangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
​​#bilib_oling

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar

1. Ashshurbanipal kutubxonasi.

📘Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan.

2. Aleksandriya kutubxonasi.

📗Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud.

3. Pergamum kutubxonasi.

📕Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Faxrimiz

BITIRUVCHILARIMIZ YUTUQLARGA ERISHISHDA DAVOM ETMOQDA!

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Shohruh Ro'ziboyev va Dilnura Yuldasheva "El-yurt umidi" jamg'armasi grantini qo'lga kiritdilar.

Ma'lumot o'rnida: Shohruh va Dilnura 2022-yil Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari safida yuqori natijalarni qayd etgan va Yangi O'zbekiston Universitetida ta'lim olayotgan edilar.

Parvozingiz yanada baland bo'lsin azizlar!

Bizni kuzatishda davom eting⬇️
🔹telegram     🔸instagram
🔸you tube     🔹facebook
#Maktablararo_hamkorlik

TAHLILLAR - RIVOJLANISH ASOSIDIR!

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

📈 Suratlarda Xiva shahridagi Prezident maktabi va Xonqa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablari orasidagi hamkorlik faoliyatidan lavhalar.



Bizni kuzatishda davom eting⬇️
🔹telegram     🔸instagram
🔸you tube     🔹facebook