Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.59K subscribers
7.01K photos
1.2K videos
57 files
2.82K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тилим_байраминг_муборак

21-oktabr - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
__
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Xurshid Davron

#Bayram_muborak
#Ona_tili_Millat_ruhi

QADRING BALAND BO'LSIN, ONA TILIM!

❇️Xiva shahridagi Prezident maktabida "Ona tili - millat ruhi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.

🎉Tadbirga o'quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, she'riy chiqishlar va sahna ko'rinishlari o'zgacha shukuh bag'ishladi. Bunda shahar ma'naviyat va ma'rifat markazi, shahar hokimligi, yozuvchilar uyushmasi a'zolari mehmon sifatida ishtirok qildilar.

📚Shuningdek maktab o'quvchilaridan tuzilgan 4 jamoa qiziqarli shartlar asosida bellashdilar. Bellashuv natijasiga ko'ra "Avitsenna" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🍀🌺🍀
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram | YouTube
#davra_suhbati

🔰"YANGI O'ZBEKISTON TA'LIM YANGILIKLARI"

❇️Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-11-sinf o'quvchilari uchun "Yangi O'zbekistonda ta'lim yangiliklari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Urganch davlat Universiteti rektori Bahrom Abdullayev, Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi rahbari Sarvar Abdullayevlar mehmon sifatida ishtirok qildilar. Davra suhbati qizg'in savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

🔹🔹🔹

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_PM
#Termiz_PM
#21_oktabr
#hamkorlik

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablari hamkorligida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan she'rxonlik chellenji tashkil etildi.

🍀🌺🍀

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
#Xorazm
#Zakovat

🔰O'QITUVCHILAR HAM "ZAKOVAT"DA!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan ta'lim muassasalari o'qituvchilari o'rtasida “Zakovat”  intellektual turniri boshlandi.

📍Turnir Urganch shahrida joylashgan 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida o'tkazildi.

Zakovat bellashuvida Agentlik tizimidagi 12 ta jamoa qatnashdi. Maktab direktorlari jamoa sardori sifatida musobaqada munosib ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan dastlabki musobaqada hozircha Xiva shahridagi Prezident maktabi, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari jamoalari oldinga chiqib olishdi.

📌Aytish joizki, g'oliblar 5 bosqichdan iborat bellashuvlardan keyin aniqlanadi. “Zakovat”  intellektual turnirining navbatdagi bosqichi 5-noyabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib o'tadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzandlarim_Prezident_maktabi_oʻquvchisi

IKKI NAFAR FARZANDI PREZIDENT MAKTABIDA O'QIYDIGAN OTA-ONALARDAN TAVSIYALAR

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabida ikki nafardan farzandlari tahsil olayotgan ota-onalar bilan suhbat qurdik.

⚜️ Ota-onalar bu muvaffaqiyatlarga erishguncha bosib o'tilgan yo'lni eslab, farzandi kelajagi haqida qayg'uradigan insonlarga tavsiyalar berdilar.

🍀🌺🍀

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
#Ona_tili_Millat_ruhi
#Navoiy_bogʻiga_sayohat

O'ZBEK TILI ASOSCHISI XOTIRLANDI

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan vohamizdagi Navoiy bog'iga sayohat tashkil qilindi.

Bog'da Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlab mutafakkir haykali poyiga gullar qo'yildi. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q!" deganlaridek, o'quvchilarimiz Navoiy g'azallaridan aytib, sermahsul ijodini xotirlashdi.

⚜️⚜️⚜️

🌐Ijtimoiy tarmoqlarimiz
telegram | instagram | you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Qaysa" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook