Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.59K subscribers
6.97K photos
1.2K videos
57 files
2.8K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Inson_qadri_ulugʻ

BIZ BIRMIZ, BIZ TENGMIZ!

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Xiva shahridagi 97-sonli maxsus maktab-internatida bo'lishdi.

⭐️Maktabimiz o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan “Biz birmiz, biz tengmiz” nomli konsert dasturi milliy cholg‘u asboblarida chalingan jonli musiqa, zamonaviy raqslar, jonli kuy-qo‘shiqlar hamda “Tuyg‘ular” deb nomlangan sahna ko‘rinishidan iborat bo‘ldi.

🎁 Shuningdek, maktabimiz jamoasi tomonidan tayyorlangan sovg'alar o'quvchilarni o'zgacha va xursand qildi!

•┈┈•⊰✿🍃🌸🍃✿⊱•┈┈•

🌐Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Zakovat

ADOLATDA KUCH, ZAKOVATDA KUCH!

🔹Xiva shahridagi Prezident maktabida "ZAKOVAT" klubining navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi.

🔹Intellektual o'yinda jami 17 jamoa ishtirok etib, yakunda klubning ko'chma kubogi g'olib jamoa TIGERSga topshirildi.

🔸🔹🔸🔹

🌐Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Янги_Ўзбекистон_университети

🔴56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi doirasida olimpiada jarayonining 1-turi vaqtida ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilari uchun "Yangi O‘zbekiston" universitetida ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida ishtirokchilarni kuzatib kelgan o‘qituvchilar ushbu universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diplomacy_education

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

O'quvchilar "Diplomacy education" dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo'lishdi.

Elchixonadagi uchrashuvlar davomida ular 4 ta guruhga bo'linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo'mita - WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig'ilishlarida ishtirok etishdi.

📍Yig'ilishlar quyidagi mavzularda bo’lib o’tdi:

✔️"Ocharchilikni tubdan bartaraf etishda xususiy sektor va fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirish"
✔️"Rivojlanayotgan dunyoda ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida texnologiyalarni tatbiq etish"
✔️"Xalqaro hamkorlik orqali kiberjinoyatni bartaraf etish"
✔️"Raqamli dunyoda bolalar uchun mavjud bo'lgan xavf va imkoniyatlar"

❗️Shuningdek, o'quvchilar uchun FAO - food and agricultural organization Green Garden bog’iga ekskursiya tashkil etildi.