Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.71K subscribers
7.65K photos
1.23K videos
57 files
2.99K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#A_level

A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda A/AS-level imtihonlari boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan boshqa talabgorlar ishtirok etishmoqda.

📍A/AS level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tib, A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi sifatida tan olingan Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lib o'tmoqda.

📆 Imtihonlar 4-maydan 9-iyungacha davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova "Yangi O'zbekiston" universiteti faxriy rektori, professor Volfgang Herrmann va TUM International tashkiloti rahbari Frederika Hettinger uchrashishdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuv doirasida "Yangi O'zbekiston" universitetida o'quv jarayonini yanada takomillashtirish, TUM International tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va istiqboldagi rejalar borasida fikr almashildi.

📌Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligi binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

MATBUOT ANJUMANI: “Yangi O‘zbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yo‘nalishlarga oid savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beriladi.

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan MATBUOT ANJUMANIni YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul jarayonlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda Agentlik direktori Hilola Umarova, "Yangi O'zbekiston" universiteti faxriy rektori Wolfgang A. Herrmann, TUM International tashkiloti rahbari Friederika Hettinger, Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Dr. Tilo Klinner, "Yangi O'zbekiston" universitetining o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori Elyorjon Jumayev hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

✔️Tadbir davomida universitet faoliyati, fakultet va yo'nalishlar, istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma'lumot berildi.

Matbuot anjumanida Agentlik rahbari Hilola Umarova va "Yangi O'zbekiston" universitetining Wolfgang Herrmann so'zga chiqishdi.

👉Tadbir haqida batafsil saytimizda tanishing.
#Press_tur
#Янги_Ўзбекистон_университети

📷"Yangi O'zbekiston" universiteti binosida OAV xodimlari uchun tashkil etilgan press-turdan fotoreportaj.
___________
❗️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga hujjatlar 20-iyungacha https://admissions.newuu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

#Fotoreportaj #Qabul_2022

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube