Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.59K subscribers
6.97K photos
1.2K videos
57 files
2.8K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Infografika

Prezident ta'lim muassasalari agentligining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan 2022-yilning aprel oyi davomida taqdim etilgan axborot.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons
#Bilim_doirasida

🔰"Bilim doirasida” ko'rsatuvining bu galgi sonida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o’quvchilari o’zaro kuch sinashishdi.

📆"Bilim doirasida" ko‘rsatuvi haftaning har yakshanba kuni soat 21:00 da “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali efirga berib boriladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug’ yurtdoshlarimizning shunday ulug' ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

📌Sizni 5-may kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining qabul jarayonlari yuzasidan bo'lib o'tadigan MATBUOT ANJUMANIga taklif etamiz!

📌Matbuot anjumanida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va Universitetning faxriy rektori Dr. Wolfgang A. Herrmann ishtirok etadi.

Tadbirda qabul jarayonlariga oid barcha ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Bundan tashqari mehmonlar uchun universitet bo'ylab press-tur ham tashkil etiladi.

☎️Ro'yxatdan o'tish uchun: +998934529276

Sana va vaqti: 5-may soat 11:00
Manzil: Yangi O'zbekiston universiteti
Mo'ljal: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, B bino.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#A_level

A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda A/AS-level imtihonlari boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan boshqa talabgorlar ishtirok etishmoqda.

📍A/AS level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tib, A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi sifatida tan olingan Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lib o'tmoqda.

📆 Imtihonlar 4-maydan 9-iyungacha davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova "Yangi O'zbekiston" universiteti faxriy rektori, professor Volfgang Herrmann va TUM International tashkiloti rahbari Frederika Hettinger uchrashishdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuv doirasida "Yangi O'zbekiston" universitetida o'quv jarayonini yanada takomillashtirish, TUM International tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va istiqboldagi rejalar borasida fikr almashildi.

📌Shuningdek, mehmonlar uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligi binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

MATBUOT ANJUMANI: “Yangi O‘zbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yo‘nalishlarga oid savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beriladi.

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan MATBUOT ANJUMANIni YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Янги_Ўзбекистон_университети

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetiga qabul jarayonlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda Agentlik direktori Hilola Umarova, "Yangi O'zbekiston" universiteti faxriy rektori Wolfgang A. Herrmann, TUM International tashkiloti rahbari Friederika Hettinger, Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Dr. Tilo Klinner, "Yangi O'zbekiston" universitetining o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori Elyorjon Jumayev hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

✔️Tadbir davomida universitet faoliyati, fakultet va yo'nalishlar, istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma'lumot berildi.

Matbuot anjumanida Agentlik rahbari Hilola Umarova va "Yangi O'zbekiston" universitetining Wolfgang Herrmann so'zga chiqishdi.

👉Tadbir haqida batafsil saytimizda tanishing.