Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
7.28K photos
1.21K videos
57 files
2.88K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️ Xiva Prezident maktabi oʻquvchilari oʻrtasida “Notiqlik sanʼati-2022” tanlovi o'tkazildi.

🦿 Ishtirokchilar notiqlik mahorati bilan birga ingliz tili bo‘yicha bilimlarini namoyish etib, turli mavzularda chiroyli chiqishlar qildilar.

🔥 Turli yosh toifalarida uchta g'olib aniqlandi:

🥇 Komiljonova Shaxrizoda, 5-sinf o'quvchisi, Wolves House a'zosi
🥇 Baxtiyorov Jonibek, 9-sinf o'quvchisi, Tigers House a'zosi
🥇Masharipov Azizbek, 10-sinf o'quvchisi, Eagles House sardori

🎉 G'oliblarimizni tabriklaymiz!




Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Ro'yxatdan o'tish boshlandi!

IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil) 👩‍💻, Raqamli Dizayn (fashion) 🎨, SMM&PR, Branding 💻 va Biznes Analitika 📊 bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda!

Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling! 🤩🙋‍♀

📍Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab

Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil

📝Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot👇
ladies.digitalgeneration.uz

PS: 🎁Tadbir yakunida har bir yo'nalishning eng faol va g'olib ishtirokchilarini qimmatbaxo sovg'alar kutmoqda (noutbuk, televizor, v.h.k)
_______

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети
#GTL_zavodi

⚡️ “YANGI O‘ZBEKISTON” TALABALARI ENDI “UZBEKISTAN GTL”DA HAM AMALIYOT O’TASHADI

Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va “Yangi O‘zbekiston” professor-o'qituvchilari hamda talabalari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lishdi.

✔️Talabalar zavodning mas'ul xodimlari tomonidan "Uzbekistan GTL" bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiyada, jumladan:

Zavodning markaziy laboratoriyasi
Administrativ boshqaruv markazi
Fizik-kimyoviy tahlillar markazi
Neft mahsulotlarini motor usulida sinash laboratoriyasi va
"Sho'rtan gaz-kimyo" majmuasida bo'lib, ularning faoliyati bilan tanishishdi.

❗️ "Uzbekistan GTL" zavodining Administrativ boshqaruv markazida "Yangi O'zbekiston" talabalari uchun alohida xona ajratiladi. Talabalar bu yerda amaliy mashg'ulotlar o'tashlari mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan
bunday imkoniyat ilk bora taqdim etilmoqda.
#hamkorlik
#sport

❇️ Kuni kecha Xiva shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan otishni milliy sport turi sifatida keng targ'ib qilish maqsadida navbatdagi amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

🏹 Mashg'ulotlar davomida o'quvchilar guruhlarga bo'lingan holda bellashdilar. G'olib jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🔹🔹🔹

Xiva PM rasmiy telegram sahifasi
https://t.iss.one/PSinKhiva
#Test_namunalari_3_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'tgan yilgi qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilishda davom etamiz.

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari.

📆Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boramiz.

✔️
Bizni kuzatishda davom eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube