Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.69K subscribers
7.62K photos
1.23K videos
57 files
2.98K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Sarhisob

Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari va “Yangi O’zbekiston” universiteti haqida lavha namoyish etildi.

Reportajda, shuningdek:
🔸 2021-yilda mazkur ta’lim dargohlarida amalga oshirilgan ishlar;
🔸”Maktab maslahatchisi” dasturi;
🔸 11 ta xorijiy OTMga o’qishga qabul qilingan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Maqsadbek Fayzullayev bilan intervyu va
🔸 o’quvchilar erishgan yutuqlar haqida so’z yuritilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_oromgohi

“RAQAMLI AVLOD” IT OROMGOHIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod" IT oromgohi o'z faoliyatini boshladi.

✔️IT oromgohda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borilmoqda.

⚡️Shuningdek, mazkur IT tadbiri doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining informatika fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Ishtirokchilar darslar davomida Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, raqamli media va marketing, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o'z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lIshadi.

📌IT oromgohda ishtirok etish uchun 3000 dan ortiq yoshlar ro'yxatdan o'tgan va darslarni onlayn kuzatib borishmoqda. Oromgoh 8-yanvargacha davom etadi.
Kun mehmoni | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2022”

Bugun Durdona Bakhronova bilan ayollarning AKTdagi o'rni va imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Durdona “Womentechmakers Tashkent” yetakchisi, Google Developer Groups Tashkent a'zosi va Super Dispatch kompaniyasining dasturiy ta'minot muhandisi.

Biz bilan ajoyib jonli efirni o’tkazib yubormang👩🏻‍💻

🗓Qayerda?
20:00
Jonli efir: https://youtu.be/kI5KyqU_tI8
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram |
Instagram | Facebook | YouTube
A-level sertifikati nima?
- Cambridge tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan A level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati bo'lib, imtihonlarida A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
A+(a+) - eng yuqori
E(e) - eng past ko'rsatgich hisoblanadi.

A level sertifikati faqat Prezident maktabi ta'lim oluvchilari uchunmi?
- Yo'q, mazkur imtihonlarni Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari o'quvchilari topshirishlari mumkin.

Imtihonlar qayerda bo'lib o'tadi?
- 2021/2022-o'quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o'tkazadi. Imtihon savollari va sertifikat Cambridge Assesment tomonidan taqdim qilinadi.

❗️2022/2023-o'quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni tashkil qilishi rejalashtirilgan.

✔️Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
Forwarded from Bonu Utkirova, EYUF scholar
Welcome to Public Speaking Contest 2022! Contest is open for all students of the Presidential School in Khiva.
#Iftixor

Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi "Linguist" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Ruxshona Aminboyeva Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tashkil qilingan "Linguist" olimpiadasida ishtirok qilib🥇 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ruxshona qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan bir qatorda chet elga sayohat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritdi.

***

Xiva PM👉 telegram | you tube
#Faxrimiz
#Prezident_maktablari

RUXSHONA LONDONGA SAYOHAT QILADI!

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi "Linguist" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Ruxshona Aminboyeva Xorijiy tillarni o'rganishni ommalshtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Linguist" olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni 🥇qo'lga kiritdi.

✔️Ruxshona esdalik sovgʻalari bilan bir qatorda Londonga sayohat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari orasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bir nechta tanlovlarni e'lon qiladi.

Maktabimizning barcha o'quvchilari ishtirok qilishi mumkin.

***

Xiva PM 👉telegram |you tube
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
#Tanlov
#Uchinchi_renessans_yoshlar_nigohida

❗️Diqqat! Diqqat!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari va pedagog jamoalari o‘rtasida "Uchinchi renessans- yoshlar nigohida" nomli loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

🎇 Tanlov tashkilotchisi: Prezident ta'lim muassasalari agentligi.

♻️ Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
-xalqimiz qadriyati, urf-odati va an'analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv;

-maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari;

- o‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari.

🌐 Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich- ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatga qadar loyihalar tayyorlanadi;
Ikkinchi bosqich- Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

📊 Mazkur tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar hamda pedagoglarning ishlari 2022-yil 25-yanvarga qadar ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhga taqdim etiladi hamda loyiha taqdimoti ko‘rsatiladi.

✳️ Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan loyihalar ishchi guruh tomonidan aniqlanib, ikkinchi bosqich uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligiga yuboriladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

🎬 Shoshiling, vaqt kam qoldi. Kreativ loyihangizni taqdim qiling hamda g‘oliblikni qo‘lga kiriting!

***

Xiva PM 👉 telegram | you tube
Bugun 🇺🇿 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari,
bahodirlar, pahlavonlar, tinchligimiz chin posbonlari, bayramingiz bo‘lsin muborak!
Doimo sog’-salomat, qaddingiz baland bo’lsin. Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashdek sharafli yo’lda zafarlar hamrohingiz bo’lsin!

Hurmat bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi!
#Iftixor

Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi "Linguist" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Ollayorova Sevinchoy Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tashkil qilingan "Linguist" olimpiadasida ishtirok qilib 🥉 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Sevinchoy diplom, pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

***

Xiva PM👉 telegram | you tube