Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
6.68K photos
1.17K videos
57 files
2.72K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Xiva shahridagi Prezident maktabi ikki yoshda

Kuni kecha Xiva shahridagi Prezident maktabi tashkil topganligining ikki yilligi nishonlandi. Tadbirda iste'dodli o'quvchilarimizning dilrabo kuy-qo'shiqlari, jozibador raqslari mashhur san'atkorlarimizning ohanrabo qo'shiqlariga ulanib ketdi. Bayramona kayfiyat maktabimiz bo'ylab hali ham davom etmoqda.

***
Xiva PM👉 telegram|you tube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_bir_jamoamiz

3⃣-dekabr xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi va Qarshi shahridagi 17-son maxsus (nogironligi bor) maktab o'quvchilari birgalikda "Dunyo" deb nomlangan dramatik lavha tayyorladilar.

Ushbu lavhani e'tiboringizga havola etamiz.
Xiva shahridagi Prezident maktabida hamkorlik

❇️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chavandozlik maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5212-sonli Qarori ijrosini ta`minlash va o'quvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, sog'lomlashtirish maqsadida maktabga Xiva shahar milliy gvardiya bo'limi tomonidan tulporlar keltirildi.
❇️ Harbiy qism mutaxassis kavalerslari o'quvchilarga ot minish usullarini o'rgatdilar. Qiziquvchan va epchil o'quvchilar otlarni minib, hovli maydonida aylanib ko'rishdi.

***
Xiva PM 👉 telegram |you tube
"Raqamli Avlod" jamoasi "Zamin Education" loyihasi doirasida Qarshi shahridagi 17-son maxsus maktab o'quvchilari uchun IT darslar tashkil etdi. Unda qatnashchilar egallagan bilimlari asosida aqlli shahar tamoyili bo'yicha o'z maktablari maketini ishlab chiqdilar. Shuningdek, turli dasturlardan foydalangan holda maxsus o'yinlar yaratdilar.

Shuningdek, jamoamiz a'zolari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham bo'ldilar. U yerda yangi tashkil etilgan media va raqamli marketing darslari o'quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Endilikda ular mustaqil professional kameralardan foydalana oladilar, o'zlari videolarni montaj qiladilar hamda turli media loyihalar ishlab chiqa oladilar. Rassomchilikda qobiliyatli o'quvchilar maxsus planshetlarda illustratsiyalar chizishni juda tez o'rganib oldilar.

Shunday qilib, bu kabi loyihalarimiz respublikamiz bo'ylab davom etadi. Siz qaysi hududdansiz, bizning loyihalarimizni balki kelasi safar sizning viloyatingizga tashkil etarmiz!
________
Digital Generation Uzbekistan