Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.73K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Elchilar_Prezident_maktabida

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

🔰 Mazkur tanishtiruv uchrashuvida Germaniya, Hindiston, Shvetsariya, Turkiya, Latviya, Italiya, Koreya davlatlari elchilari hamda KOICA, Unicef va UNESCO tashkiloti vakillari ishtirok etib, maktab faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shuningdek, oʻquv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlarni jalb qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi.

🔶Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim mavzusida o'tkazilgan video-selektorda xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg'or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo'yilgandi.
#Сўраган_эдингиз

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilingandan so‘ng, aholi tomonidan bir qancha savollar yo‘llanmoqda. Quyida eng ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi?

-Prezident maktablariga o'qish oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablari natijalari e’lon qilindi, menga yarim ball yetmay, 25-o‘rinda turibman. Ammo faqat 24 ta qabul qilinar ekan. Menda o‘qish uchun biror imkon bormi?

-Agar 24 nafar nomzoddan birortasi o‘qishni rad etsa, shundagina o‘rin ochilishi mumkin.

Nomzodning Prezident maktabi imtihonida olgan bali bilan Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imkoni bormi?

- Yo‘q, bunday imkoniyat ko'zda tutilmagan.
#Yangi_darsliklar #Taqdimot

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TAQDIMOTI O'TKAZILDI

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Yangi uslubdagi darslik - zamonaviy ta'lim garovi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ikkita "Adabiyot" va 1 ta "Matnshunoslik" darsliklari, shuningdek "Maktab maslahatchisi" dasturi taqdimot qilindi.

🔸Hilola Umarova, Agentlik rahbari:
"Ta'lim tizimini isloh etish yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, tizimga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan uzviy bog'liq".

🔸Zulxumor Mirzayeva, Filologiya fanlari nomzodi: "Yangi darsliklarni ishlab chiqishda noan'anaviy nostandart uslublarga murojaat qildik".

🔸Rahimboy Jumaniyozov: "O'zbek adabiyoti tarixining deyarli 1300 yili eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq. Bu yozuvni o'rganish birinchi navbatda, tariximizni yanada yaxshiroq o'rganish hamdir".

👉Olimlar va mualliflarning fikrlari bilan saytimizda tanishing.
#Chavandozlar_maktabi

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'lim mavzusida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

✔️Unda, jumladan harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik darslari tashkil etish muhimligi qayd etildi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda maktablarda vatanparvarlik darslarini tashkil etish hamda chavandozlar maktabiga jalb qilish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

🔸Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Xiva shahrida joylashgan Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar uchun otlar ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi.

⚡️Mashg‘ulot davomida yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olib, tadbir so‘ngida otlarga minib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси

“TUG‘ILGAN KUNIMDA PREZIDENTIMIZ BILAN UCHRASHGANMAN”

Yurtimizning turli hududlarida yashaydigan, farzandi Prezident maktabida o'qiydigan oilalar bilan suhbatlashishda davom etamiz. Bugungi mehmonimizning o‘g‘li Jo‘raboev Diyorbek Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi...

"Farzandingizga bolaligida vaqt ajrating, keyin o‘zini o‘zi eplab, boshqarib ketadi".

"O‘g‘lim Prezident bilan uchrashib, o‘zi yozgan she'rni o‘qib berganida, oilamiz bilan faxrlanganmiz".

"Prezident maktabida o‘qish uchun faqat bilim emas, harakat ham talab etiladi".

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Chavandozlar_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi hamkorligida tuzilgan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸Jumladan, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi vakillari ishtirokida ot sport maktabiga borishdi.

🔹Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Mudofaa vazirligiga qarashli jamoat xavsizlik institutida bo'lishdi.
Ushbu bilim yurtida, bolalar qo'shin turlari, harbiy texnika qurollari, harbiy o'quv xonalari, otlik qo'shin harbiy san'atlari bilan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube