Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.8K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elchilar_Prezident_maktabida

🎥 Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan elchilar bilan uchrashuvdan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Elchilar_Prezident_maktabida

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

🔰 Mazkur tanishtiruv uchrashuvida Germaniya, Hindiston, Shvetsariya, Turkiya, Latviya, Italiya, Koreya davlatlari elchilari hamda KOICA, Unicef va UNESCO tashkiloti vakillari ishtirok etib, maktab faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shuningdek, oʻquv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlarni jalb qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi.

🔶Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim mavzusida o'tkazilgan video-selektorda xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg'or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo'yilgandi.
#Сўраган_эдингиз

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilingandan so‘ng, aholi tomonidan bir qancha savollar yo‘llanmoqda. Quyida eng ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi?

-Prezident maktablariga o'qish oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablari natijalari e’lon qilindi, menga yarim ball yetmay, 25-o‘rinda turibman. Ammo faqat 24 ta qabul qilinar ekan. Menda o‘qish uchun biror imkon bormi?

-Agar 24 nafar nomzoddan birortasi o‘qishni rad etsa, shundagina o‘rin ochilishi mumkin.

Nomzodning Prezident maktabi imtihonida olgan bali bilan Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imkoni bormi?

- Yo‘q, bunday imkoniyat ko'zda tutilmagan.
#Yangi_darsliklar #Taqdimot

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TAQDIMOTI O'TKAZILDI

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Yangi uslubdagi darslik - zamonaviy ta'lim garovi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ikkita "Adabiyot" va 1 ta "Matnshunoslik" darsliklari, shuningdek "Maktab maslahatchisi" dasturi taqdimot qilindi.

🔸Hilola Umarova, Agentlik rahbari:
"Ta'lim tizimini isloh etish yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, tizimga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan uzviy bog'liq".

🔸Zulxumor Mirzayeva, Filologiya fanlari nomzodi: "Yangi darsliklarni ishlab chiqishda noan'anaviy nostandart uslublarga murojaat qildik".

🔸Rahimboy Jumaniyozov: "O'zbek adabiyoti tarixining deyarli 1300 yili eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq. Bu yozuvni o'rganish birinchi navbatda, tariximizni yanada yaxshiroq o'rganish hamdir".

👉Olimlar va mualliflarning fikrlari bilan saytimizda tanishing.