Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Tadbirkorlar_diqqatiga

Olmaliq shahridagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ko‘p qavatli uylarni Boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish bo‘yicha tanlov

Hurmatli
tadbirkorlar!

⚡️ Olmaliq shahar hokimligi, shahardagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi turmush sharoitini yaxshilash, uylardagi umumiy mulkni ta’mirlash, soz holatda ishlashini nazorat qilish, uy atrofini obodonlashtirish ishlarni amalga oshirish maqsadida tanlov asosida Boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilishini e’lon qiladi.

📌 Boshqaruv servis kompaniyalar ko‘p qavatli uylarda tashkil etilayotgan yangi xizmat ko‘rsatish shakllaridan biri bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan ko‘p qavatli uylardagi umumiy mulkni ta’mirlash, soz holatda ishlashini nazorat qilish, uy atrofini obodonlashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi.

❗️Yangi boshqaruv kompaniyalarining afzalligi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish orqali (xududda gilam yuvish va dezinfeksiya xizmatini tashkil etish, yerto‘lalarda maishiy xizmat turlarini tashkil etish, aholiga hamda internet provayderlar, kabel televideniyalarga shartnoma asosida ijaraga berish orqali) qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

Boshqaruv kompaniyasini tashkil etish uchun quyidagilar talab etiladi:

- Tashkilotning binosi bo‘lishi
- Moddiy texnik bazasi (gazon o‘rish uskunasi, payvandlash apparati, santexnika ish qurollari va h.k.).
- Maxsus texnikalar mavjudligi
- Boshqa tashkilotlardan qarzi yo‘qligi (bank, gaz, elektr ta’minoti, va h.k.)

Bundan tashqari boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va yengilliklar berilishi ham bosqichma bosqich amalga oshiriladi.

Hujjatlar va murojaatlar 2023 yil 23 may kunidan 2023 yil 1 iyun kunigacha qabul qilinadi.

E’lon bo‘yicha quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Olmaliq shahar hokimligining qurilish va kommunikasiya, kommunal ho‘jaligi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘limi.

☎️ 99-883-10-40
☎️ 98-001-10-40

Olmaliq shahar QUJKXK bo‘limi ma’muriyati.

Kanalga ulanish
⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube