Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.01K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#jamoat_xavfsizligi

⚡️Ramazon oyida Olmaliq shahrining Furqat koʻchasi, Furqat tor, Furqat 1-tor, Furqat 2-tor, Choʻlpon, Alisher Navoiy, Ipak yoʻli va “Zarqaynar” koʻchalarida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida taroveh namozi oʻqilishi munosabati bilan 2023-yil 22-mart kuni soat 18:00 dan hamda Ramazon hayiti tadbirini oʻtkazish uchun 22-aprel kuni soat 14:00gacha avtomobil transport qatnovi harakati vaqtincha toʻxtatilishi belgilandi.

📌 Fuqarolar harakat xavfsizligi shahar IIB YPX PPX Milliy gvardiya, FVB tomonidan nazorat qilinmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#PQ_408

⚡️ “Koinot” MFYdagi ichki yoʻllarga PQ-408-sonli qaror ijrosi boʻyicha asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
DIQQAT, OVOZ BERING!

Eʼtiboringizga havola etilgan uch lavhadan qaysi biri yaxshiroq? Sizga qaysi biri maʼqul keldi?

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, gʻolib boʻlgan lavha Toshkent viloyatining asosiy stellasi, yaʼni ramziy darvozasi maketi sifatida ishlatiladi.

Ovoz berishda ishtirok etish uchun ushbu kanalga ulaning:
https://t.iss.one/+RQRVLyYVGRL2OFEe
2023 йил учун закот нисоби, фитр садақа ва фидя миқдори белгиланди

📍https://uza.uz/posts/465892

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#tayinlov

Alibekov Shaxzod Abduraimovich 2023-yil 13-martdan Olmaliq shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

⚡️ Sh.Alibekov 1979-yil Samarqand viloyati,Oqdaryo tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2001-yil Samarqand qishloq xoʻjalik institutinin (kunduzgi), 2005-yil Samarqand Iqtisodiyot va Servis institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi. Oilali, 4 farzandning otasi.

MEHNAT FAOLIYATI:

1998-2001 yy. - Samarqand viloyati oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasida texnik xodim
2003-2005 yy. - Sergeli tumani Davlat soliq inspeksiyasida Davlat soliq inspektori
2006-2006 yy. - Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi Moliya boʻlimida byudjet boʻyicha 1- toifali iqtisodchi
2006-2007 yy.-Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi Moliya boʻlimida byudjet ijrosi va hisoboti sektorida 1-toifali iqtisodchi
2007-2008 yy.- Toshkent viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasida Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narx monitoringi guruhi yetakchi inspektori
2008-2008 yy.- Toshkent viloyati Zangiota tumani boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasida Gʻaznachilik operatsiyalari nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassisi
2008-2010 yy.- Toshkent viloyati Zangiota tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish va narx monitoringi guruhi rahbari
2010-2011 yy.- Toshkent viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasida Gʻaznachilik operatsiyalari nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassisi
2011-2014 yy. - Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi
2014-2018 yy. - Toshkent viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
2018-2021 yy. - Toshkent viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi
2022-2023 yy. - Toshkent viloyati Qibray tuman hokimligi Moliya boʻlimi mudiri

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#seminar_trening

Konstitutsiyaviy islohotlar – bugungi kun talabi, ertaning kafolati

⚡️Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida “Konstitutsiyaviy islohotlar – bugungi kun talabi, ertaning kafolati” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova ishtirok etdi. Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi. 

📌O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasi jamiyatimizning evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olish uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam ekanligi ta’kidlandi.

📌30 aprelga belgilangan Referendumda faol ishtirok etish har bir fuqaroning vatanparvarlik burchi hisoblanadi. Tadbirda ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilar jamoasi va talabalar seminar-treningdan zarur huquqiy bilim va ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

📲Бугунги кунда “Ташаббусли бюджет” лойиҳаси доирасида овоз бериш жараёни давом этмоқда. Ҳозирда жами 33 минг 600 лойиҳа учун 10 миллиондан ортиқ овоз берилди.

✈️ Шу билан биргаликда, ижтимоий тармоқларда бюджет ташкилоти ходимларини мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги лойиҳаларга овоз беришга мажбурлаш ҳолатлари юзасидан хабарлар тарқалмоқда

▫️Шунингдек, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги томонидан ўрганишлар натижалари шуни кўрсатмоқда-ки, йирик маҳаллалар аҳоли сони юқори бўлганлиги сабабли овоз беришда устунликка эга бўлиш ҳолатлари мавжуд.

▫️Овоз беришда тенгсизликка йўл қўймаслик, шунингдек, барча маҳаллалар аҳолиси учун лойиҳаларни амалга оширишда тенг имкониятлар яратиш мақсадида вазирлик томонидан бир қанча техник ва услубий ечимлар ишлаб чиқилмоқда.

Жумладан:
🔹FACE ID ёрдамида идентификация қилиш механизмини жорий этиш. Бунда, тасдиқланган фойдаланувчилар томонидан берилган овозлар СМС орқали берилган 5 ёки 10 овозга тенглаштирилиш;

🔹кам сонли аҳоли яшайдиган маҳаллалар аҳолиси томонидан илгари сурилган лойиҳалар учун кўпайтириш коэффициенти жорий этиш амалиёти кўриб чиқилади.

Бунда, кичик маҳаллалар лойиҳаларига катта маҳаллалар аҳолиси ташаббуси билан тенг шароитларда рақобатлашиш имконияти яратилиши кўзда тутилган.

Бундан ташқари, ташаббуслар учун овоз беришнинг шаффофлиги ва адолатлилигини таъминлашга қаратилган бошқа таклифлар ишлаб чиқилмоқда.

“Ташаббусли бюджет” лойиҳасини янада ривожлантириш юзасидан кенг жамоатчиликни хабардор қилиш ва таклифларини ҳисобга олиш мақсадида вазирлик расмий каналларида батафсил маълумотлар эълон қилиб борилади.

➡️ OʻZB
➡️ РУС

#расмий_муносабат

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

"Munavvar oqshom" dasturiga marhamat!

🗣Olmaliq shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi, shahar Madaniyat bo‘limi, Respublika Maʼnaviyat-maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamkorligida joriy yil 26 - mart kuni, soat 19:00 da boʻlib oʻtadigan "Yurtim munavvar oqshomlari" shou-dasturiga taklif etamiz.

🎼 Ushbu dasturda yosh estrada yulduzlari - Oybek Xolmedov, Dilshodbek Yunusov hamda Gʻolib Xojiyevlar sizlar uchun kuylaydi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri