Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.02K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
⚡️Olmaliq shahar Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi Muxiddin Abdullayev hamda kengash a’zolari ishtirokida "Koinot" MFY faollari hamda yoshlar yetakchisi Dilshod Xudoyberdiyev tomonidan hashar tashkil etilib, daraxt ko‘chatlari ekildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

⚡️2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi da yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 19 843,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Professor deputatning texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuvi

⚡️Professional ta’lim bosqichi orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, bu bosqichdan so‘ng yoshlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga ishtiyoqni kuchaytirish borasida bir talay muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Olmaliq shahar arxitektura-qurilish texnikumi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TDTU Olmaliq filiali direktori, professor A.Samadov yosh yigit-qizlarga oliy ta’limning afzalliklari, yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, filialda olib borilayotgan o‘quv va ilmiy jarayon, ta’lim yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Texnikum rahbariyati bilan birgalikda Alisher Usmanovich o‘quvchilarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
OGOHLIK - DAVR TALABI

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar:

🔥 Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Uzgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta, amal qilinishi lozim.

🚧 Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).

⚡️ Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida хabar eshitgandan so‘ng darhol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.

🚨 Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.

🚒 Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#obodlik

⚡️Shahrimizning “Hilol” MFYdagi “Qiblagoh” qabristonida hashar yoʻli bilan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 71 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 130 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 127 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 22 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 250 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 219 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 53 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 47 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 103 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 365 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 96 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 159 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 80 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 20 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 59 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 87 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 199 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 6 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 37 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 10 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 8 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#shukuh

Davralarni birlashtirgan taom

⚡️Yurtimizda bahor nafasi kezayotgan ayni kunlarda mahallalarimizdagi keksa-yu yosh yaxshi niyatlar bilan doshqozonlarda milliy taomlarimizdan biri boʻlmish sumalak tayyorlashmoqda.

📌 Jumladan, Soʻfi Olloyor mahallasi faollari ham bugun sumalak tayyorlash bahona bir dasturxon atrofida jamuljam boʻlishdi. Bahoriy laparlar shoʻx-shodon raqslarga ulandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube