Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.91K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#FVB

Uy ichida qulflanib qolgan qizaloq qutqarildi

🚒 Bugun,14 fevral kuni soat 7-25da Olmaliq shahar SH.Rashidov kòchasi 18-uydagi xonadondan Olmaliq shahar FVBga qo‘ng‘iroq qilinib, ehtiyotsizligi oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 5 yoshli qizaloq qolib ketganligi haqida tashvishli murojaat bo‘lgan.

⚡️ Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB otryad qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirdi.

‼️ O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#muloqot

Yoshlar muammosi oʻrganilmoqda

⚡️Ayni damda 3-sektor rahbari Jamoliddin Manazarov hamda Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi tomonidan yoshlar muammolari oʻrganilmoqda.

📌 Uchrashuvda 11 nafar yoshning murojaatlari tinglanib, shundan 4 nafar yoshning murojaati joyida hal qilindi, 2 nafar yoshning murojaati masʼul tashkilotlarga yoʻnaltirildi. Shu bilan birga murojaatchilarning 4 nafari "Yoshlar daftari" platformasiga kiritildi. 2 ta taklif inobatga olindi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#mehnatyarmarkasi

Hurmatli fuqarolar!

⚡️Olmaliq shahar hokimligi hamda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo’limi tashabbusi bilan 2023 yil 15-fevral kuni Arxitektura va qurilish texnikumi binosida ishsiz yurgan “Aliment to’lovchi”, “Jazodan ozod qilinganlar” va ish qidirayotgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi bo’lib o’tadi.

📌 Yarmarkada Olmaliq shahridagi barcha budjet tashkilotlari, jumladan “Enter engeering” va “Enter Steel” kabi yirik korxonlar bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashadi.

Marhamat, yarmarkada ishtirok etib, ishli bo`ling!

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube

MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LISHDI

⚡️Olmaliq shahar Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ta’lim - tarbiya olayotgan iqtidorli 54 nafar 11-sinf bitiruvchisi tengdoshlari o‘rtasida o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak iste’dodi va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lib, Toshkentdagi Britaniya menejment Universiteti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Shahar hokimi Q.Xamdamov, IIB boshlig‘i J.Manazarov, XTB mudiri Gʻ.Xamirov o‘quvchilarni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutladi. Shahar hokimi va sektor rahbarlari o‘quvchilarning kelgusidagi maqsad va rejalari hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha dildan suhbatlashishdi.

📌 Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga Toshkentdagi Britaniya Menejment Universiteti tomonidan taklif xatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#davra_suhbati

Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?

⚡️ Olmaliq shahri 18-maktab yuqori sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida shahar IIB HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik G.Sabriyeva tomonidan "Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📌 Suhbat davomida qizlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin- qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube