Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.92K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram

#sayyor_qabul
#ochiq_muloqot

Mutasaddilar aholi bilan muloqotda

⚡️Bugun Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida hokim oʻrinbosarlari, shahardagi korxona-tashkilot rahbarlari tomonidan 1-sektor shtabida fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

📌 Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan qabul davomida 12 nafar hamyurtimizning moddiy va tibbiy yordam, bandlik, kommunal hamda transport qatnovi bilan bogʻliq murojaatlari tinglanib, ayrimlari joyidayoq ijobiy hal etildi.

Muddat va oʻrganish talab etiladigan murojaatlar masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Hurmatli hamshaharlar!

⚡️Olmaliq shahridagi yoʻlovchi tashuvchi liniya marshrutlari haydovchilari bilan bogʻliq qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz yuqoridagi jadvalda berilgan tashuvchi korxona rahbarlariga murojaat qilishingiz soʻraladi.

Jadvallarda: Olmaliq shahri bo`yicha yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlarining telefon raqamlari

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#qaror_ijrosi_amalda
#yoshlar_tarbiyasi

⚡️Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 18-umumtaʼlim maktabida “Internet tarmogʻidan buzgʻunchi gʻoyalardan saqlanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📌Suhbatda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi F.Otaqulov hamda maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, oʻquvchilar, yosh ijodkor ishtirok etdi.

Suhbatda soʻzga chiqqanlar bugun internet orqali yoshlarning maʼnaviy hayotini barbod qilishga qaratilgan turli xil yot gʻoyalardan yoshlarning qalbini, ongini, hayotini asrash haqida oʻz fikr-mulohazalarani bildirdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Ayollik sha’ni, oilani saqlash har birimizning burchimiz

⚡️Olmaliq shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamkorligida 6 juft  oilaning ajrimining oldini olish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, 2 juft oila yarashtirildi hamda farzandlari yarim yetim bo‘lib qolishining oldi olindi. 3 juft oilaga esa yarashishlari uchun muhlat berildi, 1 nafarining turmush o‘rtog‘i uzoq muddatga xorijga chiqib ketganligi sababli fuqarolik sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi tavsiya etildi.

📌 Shahardagi korxona-tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xodimlar o‘rtasida bilib-bilmay jinoyat  sodir etilishining oldini olish maqsadida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#ta'lim

⚡️Bugun Olmaliq shahar XTB tasarrufidagi 20-IDUMning 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Buyuk siymolarni yod etib” shiori ostida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilimdonlari “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Intellektual musobaqa qizg‘in o‘tib natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – 8-“a” sinf
2-o‘rin – 8-“b” sinf
3-o‘rinni – 8-“v” hamda 8-“g” sinf o‘quvchilari egallashdi. Tomoshabinlar orasidan 7-“b” sinf o‘quvchilari ham qiziqarli savollarga to‘g‘ri javob berishdi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri