Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.04K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#ўрганиш

Tadbirkorlarning muammolari o‘rganilmoqda

⚡️ Qish mavsumida Olmaliq shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat va eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda energoresurslar ta’minotida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati va Olmaliq shahridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan “Olmaliq Gʻishtchisi” MCHJ (Gʻisht ishlab chiqarish), “Sirkechi Tashtekstil” MCHJ (Kalava iplarni bo‘yash) va “Elegant Garment Textile” MCHJ (tekstil)larning faoliyat yuritayotgan hududlariga borilib, mavjud muammolari o‘rganildi. Jarayon davom etmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Deputat o'z okrugiga osh tarqatdi

⚡️Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zulfizar Mirzanova homiyligida Furqat mahallasida yashovchi bemorlar va nuroniylar uchun osh damlandi. Mahalla faollari va deputat xonadonlarda bo‘lib, bemorlar holidan xabar olishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Ta'lim tashkilotlari ochilishiga tayyorgarlik

⚡️Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari S.Axmedov shahardagi DMTT mudirlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida S.Axmedov 2023-yil 23-yanvardan Respublika hududidagi ob-havoni inobatga olib, DMTTlarni bosqichma–bosqich ochilishini ta’minlash maqsadida, rahbarlarga ehtiyot choralarini ko’rib guruh xonalarining issiq haroratini ushlab qolish uchun yana bir bor nazorat qilinishni ta'kidlab o‘tdi.

📌 Shahar DMTTlar kuratori J.Xamrayev so‘zga chiqib, "Vazifalarni taqsimlashda shaffoflik bilan noxush vaziyatlarning yuzaga keltirmasdan ish olib borilishiga ishonaman" deb o‘z so‘ziga yakun yasadi. MTB mudiri X.Turg’unboyev sinovli kunlarda har qanday vaziyatda yosh avlod uchun hamjihatlikda, yelkama-yelka ishlashga ishonch bildirishini ma’lum qildi.

Kanalga ulanish⤵️
@Olmaliq_shahri
#nazorat

⚡️"Oydin" dehqon bozorida arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati davom etmoqda. Mahsulotlarning aytilgan narxda sotilishini deputatlar va davlat organlari xodimlari rasta oldida turib nazorat qilmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri