Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#tadbir

⚡️Bugun Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi va 7535-harbiy qism bilan hamkorlikda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz - mustaqilligimizning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" shiori ostida harbiy qismning "Qalqon" va "Everest" jamoalari õrtasida "Zakovat" intellektual õyini õtkazildi.

Tanlov natijalariga kõra "Qalqon" jamoasi 7 ball, "Everest" jamoasi 8 ballni tõplab ĝoliblikni qõlga kiritdilar.Ĝolib jamoa esdalik sovĝalar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Forwarded from MINENERGY.UZ
Energetika vazirligi murojaati

Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi.

Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan.

Hurmatli vatandoshlar, havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni, zarurat bo‘lmaganda uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni iltimos qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

▶️@minenergy_uz
#murojaat

⚡️Men Olmaliq shahar hokimi Xamdamov Qobil Muratqulovich shahrimiz ahli va tadbirkorlariga murojaat qilib aytmoqchimanki, bugun hammamiz sinovli kunlarda turibmiz. Ushbu damlarda barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, hamjihatlikda ushbu kunlardan yorug‘ yuz bilan chiqib olishimiz zarur!

Bugun, 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan bo‘lgan murojaatda xabar berilganidek, yurtimizda qahraton sovuq davom etayotganligi sababli, magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.


Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlariga uzluksiz yetkazib berish choralarini ko‘rmoqdamiz. Bundan tashqari issiqlik ta’minotini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha yoqilg‘i sifatida aholiga tarqatish uchun ko‘mir zahiralari ham shakllantirilgan. Ko‘mir yoki suyultirilgan gaz olishga ehtiyoj sezgan har bir fuqaroga yoqilg‘ilar zudlik bilan yetkazilib beriladi.

Hurmatli hamshaharlar!

Havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar uyingizdagi gaz va elektr jihozlaridan tejamkorlik bilan foydalanishingizni, elektr yoki gaz o‘chgan vaqtda noxush holatlarning oldini olish uchun hushyorlikni bir zum ham yo‘qotmaslikni iltimos qilamiz.

Shu o‘rinda Olmaliq shahar hokimligida 7/24 soat ish rejimida mavsumni betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “SHAHAR SHTABI” tashkil etilganligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢Olmaliq shahar hokimligi markaziy shtabi
☎️ +99870-614-05-23 (24 soat)

Shtab rahbari – Shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. – O‘razaliyev Anvar Xaydaraliyevich
☎️+998998831040

ShTAB a’zolari: Olmaliq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi -Akrom Yuldashev - +99971440830
aloqa bo‘limi
☎️ +99870-614-01-79

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i – Saidali Ohunjonov - +998942143737

"Olmaliq Issiqlik manbai” MChJ – Ilxom Ergashov - +998946601377
aloqa bo‘limi
☎️+99870-615-22-60

“Toshkent suv ta’minoti” MChJ, Olmaliq shahar bo‘limi Sayfiddin Sirojiddinov - +998990449582
aloqa bo‘limi
☎️+998706152170

“Hududgaz Toshkent” GTF Olmaliq shahar bo‘limi Jamshid Abdugapparov +998998747417
aloqa bo‘limi
☎️+998706142716

“Toshkent HETK” AJ Olmaliq shahar elektr ta’minoti korxonasi Murodulla Yusupov +998933818848
aloqa bo‘limi
☎️ 95-194-02-96

Obodonlashtirish boshqarmasi Qudrat Raximov +998935899454
aloqa bo‘limi
☎️+998706140619

Shaxsan o‘zimning telefon raqamim: 93-052-33-61

Hurmatli hamshaharlar!

So‘zim yakunida barcha tadbirkor va aholidan imkon qadar gaz va elektr energiyasini tejab ishlatishni, muammoli vaziyatda shahar hokimligining tezkor shtabiga murojaat qilishingizni hamda ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun gaz yoki elektr o‘chgan vaqtda gaz va elektr jihozlaridan foydalanishda hushyor bo‘lishni so‘rab qolaman!

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

📍
https://uza.uz/posts/444523

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#ochiq_muloqot
#sayyor_qabul

Sektor rahbarlari xalq bilan muloqotda

⚡️ Ayni damda Olmaliq shahar sektor rahbarlari - shahar hokimi Qobil Xamdamov, prokuror Abdumalik Kuldashev hamda Jinoyat ishlari boʻyicha shahar sudi raisi Maʼmurjon Toʻychiyev shahar 1-sektor shtabida navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazmoqda.

📌 Bugungi qabulga 8 nafar fuqaro jinoyat, qurilish va uy-joy olish masalalari yuzasidan murojaat qilib kelishdi. Tinglangan murojaatlar masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Диққат, диққат!

🔹 Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси Тошкент вилояти бошқармаси масъуллари томонидан 13-январ соат 18:00 да фуқаролар билан овозли чат ўтказилади.

🟦Ушбу овозли чатда 2023 йил 1-январдан Пенсия таъминотидаги ўзгаришлар, кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси ва моддий ёрдам тайинланиши тўғрисида маълумотлар ҳамда ўзингизни қизиқтираётган саволларингизга мутахассислар томонидан жавоблар берилади.

⭐️Сухбат манзили 👉https://t.iss.one/+I4l1ctfQMPAzYTEy

📲@Nurafshon_uz ҳақида энг тезкор маълумотлар  канали👇👇👇
https://t.iss.one/+I4l1ctfQMPAzYTEy
https://t.iss.one/+I4l1ctfQMPAzYTEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM