Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#jarayon
#foto

Favqulodda holatlarning oldini olish dolzarb masala

⚡️ Olmaliq shahar FVB xodimlari tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan maskanlarda favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha quruvchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

📢 Shuningdek, aholi yashash xonadonlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin, favqulodda holat, chaqnash va fuqarolarning is gazidan zaharlanishlarining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar olib borilayapti. Bu kabi targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#iftixor
#foto

⚡️Joriy yil 15-dekabr kuni Toshkent viloyati umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida “Yongʻin havfsizligi oyligi” munosabati bilan “Izdoshlar koʻmakdoshlar” koʻrik tanlovi o‘tkazildi.

🔥Quvonarlisi, tanlovning Toshkent viloyati bosqichida Olmaliq shahri 19-IDUM oʻquvchilari faxrli 1-oʻrinni egalladi. G‘olib jamoa tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

@Olmaliq_shahri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

Akbarov Elyor Ismoilovich – Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Elyor Akbarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Olmaliq kon metallurgiya kombinati ijtimoiy obyektlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻrganish

❗️Shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida o‘rganish o‘tkazdi.

📌 Oʻrganish natijasida ushbu muassasaning muhr, buyruq, chiqish xatlari, ish yuritish hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida yuritilayotganligi va baʼzi ichki hujjatlari kirill alifbosida ekanligi aniqlanib kerakli tavsiyalar berildi.

📝 Bu kabi o‘rganishlar barcha tashkilot va idoralarda oʻtkazilishi davom etadi.

@Olmaliq_shahri
Вилоят ҳокимларига ўн кун муддатда ушбу объектларга бирма-бир бориб кўриб, шароит ва аҳолига хизмат сифатини яхшилаш, энергия сарфи ва йўқотишларни камайтириш бўйича таклиф бериш топширилди.

Бугундан бошлаб ҳокимлар, сектор раҳбарлари ҳамма кучини сафарбар қилиб, шароит оғир маҳаллаларда одамларни рози қилиш билан шуғулланиши кераклиги таъкидланди.

Бош прокуратура, ИИВ, ДХХ, Миллия гвардия, Энергетика вазирлигига ноқонуний уланишлар, ўғирликлар бўйича назоратни кучайтириш топширилди.

Умуман, энергия ресурслари таъминотидаги бугунги вазият тармоқ ва ҳудуд раҳбарлари учун катта сабоқ бўлиши лозим.
Энергия таъминоти “қўл бошқаруви” орқали эмас, тизим асосида ишлаши керак
”, - деди давлатимиз раҳбари.

Икки ой муддатда энергия таъминоти тизимини ўзгартириш, янги талабларга мослаштириш бўйича қарор лойиҳасини киритиш вазифаси қўйилди.

Аи-80 маркали бензин нархини тушириш учун 1 мартгача жорий этилган акциз солиғидан озод қилиш имтиёзи жойларда “ўйинга айланиб кетмаслиги” кераклиги қатъий кўрсатиб ўтилди.

Бош прокуратура ва Монополия қўмитасига вилоят ҳокимлари билан бирга:

- биржа савдоларида ва ёқилғи қуйиш шохобчаларида бензин нархининг сунъий ошиб кетишининг олдини олиш чораларини доимий кўриб бориш;

- суюлтирилган газ ва кўмирни аҳолига ўз вақтида етказиб бериш устидан қатъий назорат ўрнатиш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter