Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Bildirish
Assalomu alaykum, hurmatli OAV xodimlari va blogerlar, kanalimiz kuzatuvchilari!
Men Behzod Qobulov bugun, shu daqiqadan eʼtiboran Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi lavozimiga toʻlaqonli kirishdim.
Tayinlovdan keyingi oʻtgan toʻrt kun ichida Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan blogerlar, ayrim markaziy nashrlarning rahbarlari, muxbirlik punkti mutasaddilari, muxbirlari, viloyat boshqarma, tashkilot va korxonalarining matbuot kotiblari, hududiy bosma nashrlarning muharrirlari, shahar va tumanlar hokimlarining axborot siyosati boʻyicha maslahatchilari bilan alohida-alohida gaplashib oldik.
Bu muloqotlar davomida hamkorlik mexanizmi kelishildi, ish uslubimizni tahlil qildik. Yangi ishimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha takliflar olindi.
Oʻz navbatida, AOKA Toshkent viloyati boshqarmasi jamoasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi, “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati jamoasi bilan muloqot qilib, oldimizda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qildik.
Dastlab ish uslubimizga bugundan eʼtiboran ikkita muhim oʻzgarish kiritdik:
1) Hokimliklar faoliyati, sohalar va tarmoqlar boʻyicha eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga bundan buyon viloyat hokimligi axborot xizmati jamoasi shaxsan joyiga chiqqan holda video munosabat bildiradi. Bundan buyon har qanday OAV va blogingda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar tegishliligaga koʻra, viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda fuqarolar manfaaati nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu maqsadda axborot xizmati negizida uchta mobil guruh tashkil etildi.
2) Toshkent viloyati hokimligi matbuot oilasi oʻz kontentlarini lotin grafigiga asoslangan oʻzbek alifbosida uzatishni boshlaydi. Bunday qarorga kelishimizga sabab, aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar rasmiy axborotlarni oʻziga qulay yozuvda oʻqiydi. Yoshlar auditoriyasi kengroq qamrab olinadi. Oʻz navbatida, 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran majburiy tarzda barcha davlat tashkilotlari lotin yozuviga oʻtkazilishi ham inoabatga olindi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda viloyat hokimi raisligida matbuot sohasiga oid kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtadi. Unda tizimning barcha muammolariga eʼtibor qaratiladi. Ayni paytda yigʻilish kun tartibi shakllantirildi, muloqotlar davomida olingan takliflar umumlashtirilmoqda.
Telegram I YouTube I Instagram I Facebook I Twitter