Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.91K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#ustozlarga_ehtirom

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

⚡️Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi hamkorligida 20-IDUMda “1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozim - sizga ming taʼzim” mavzusida maʼnaviy-madaniy tadbir tashkil etildi.

♻️Tadbirda RMMM shahar boʻlinmasi hamda Madaniyat boʻlimi xodimlari, shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, shahar deputatlari, umumtaʼlim maktablarining direktor va direktor oʻrinbosarlari, faxriy ustozlar va ijodkor oʻquvchilar ishtirok etishdi.

🎼Ijodkor oʻquvchilar tomonidan aziz ustozlarga atalgan kuy-qoʻshiq va sheʼrlar ifodali oʻqilib, kreativ tarzdagi sahna koʻrinishlari barcha tadbir qatnashchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻshladi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri
#jarayon
#sarhisob

Olmaliq shahar hokimining mahallalardagi yordamchilari aholi oldida hisobot bermoqda

♻️ Shu kunlarda Olmaliq shahrida mavjud 52 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy Konsepsiyani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 450-son Qarori ijrosi yuzasidan aholiga hisobot bermoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
🏭 “Ammofos-Maxam” AJ “Xon atlas” festivalida ishtirok etmoqda

Mazkur festival doirasida 28-29-sentabr kuni jamiyat xotin-qizlari milliy libosda o‘zgacha ko‘rinish kasb etishdi. Ayniqsa,⚡️Energiya ta’minoti sexi, ⚙️NO‘A va A sexi hamda 🩺Tibbiy punktlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faol qatnashdi. Aytishimiz mumkinki, milliy atlas-adras liboslarimiz har qanday ayolni yana-da latofatli ko‘rsatadi.


Batafsil: 👈

▫️Веб-сайт ▫️ Telegram▫️ Facebook ▫️Instagram ▫️Youtube
#Rasmiy

Shavkat Joʻrayevich Rahimov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida faollar yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Shavkat Joʻrayevich Rahimovni Toshkent viloyati prokurori sifatida tanishtirildi.

Shavkat Rahimov 1996-yildan buyon prokuratura organlarida faoliyat yuritib keladi. U 2011-yil mart oyidan boshlab Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda Nigʻmatilla Yoʻldoshev viloyatda qonun ustivorligini taʼminlash borasidagi mavjud vaziyat haqida tanqidiy-tahliliy nutq so'zladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter