Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
117 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Eng_faol_targʻibotchi

“Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovining Olmaliq shahar bosqichi

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarori ijrosi taʼminlash, faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan umumtaʼlim maktablarining ijodiy- madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar ish tajribasini ommalashtirish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovining Olmaliq shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

📌 Unda ishtirokchilar Nizom talablariga muvofiq 8 yoʻnalish boʻyicha baholanishdi. Tadbir yakunida shahardagi 20-IDUMning Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Oʻrinboyev Saidakbarxoʻja gʻolib deb topildi. Tadbir soʻngida gʻoliblar shahar boʻlinmasi tomonidan tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Азизбек Ҳалилов, Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти талабаси:

— Олдинлари олий таълим муассасасига ўқишга киришда таниш-билишчилик ҳолатлари кўп учраб турарди. Бунинг оқибатида кўп ёшлар олий таълим олишдан умидини узиб кетганларини кўрганман. Сўнгги йилларда амалга оширилаётган ислоҳотлар, ёшларга берилаётган имкониятлар сабабли бу ҳолатлар бартараф этилди. Янги Конституциямизнинг 51-моддасига киритилаётган ўзгаришлар ҳам ёшларимиз ҳаётига ижобий таъсир қилишига ишонаман. Мен 30 апрель куни бўладиган референдумда иштирок этаман ва барчани бефарқ бўлмасликка чақираман!

@menbefarqemasman
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Инобат Ҳасанова, Самарқанд вилояти истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятлари бирлашмаси раиси ўринбосари:

— Бизнинг ташкилотимиз инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилгани боис ҳам янги таҳрирдаги Конституцияга бефарқ эмасмиз. Жамоамиз билан биргаликда ўз фикрларимиз, таклифларимизни беришга ҳаракат қилдик.

Бутун вилоятимиз, республикамиз аҳлини референдумда фаол қатнашишга чақирамиз!

@menbefarqemasman
#munosabat

Fuqaro Gulchiroy Egamqulovaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllangan murojaati boʻyicha

⚡️Olmaliq shahar M.Ulugʻbek MFY raisi S.Omonova, mahalla yoshlar yetakchisi M.Qulahmedova, mahalla xotin-qizlar faoli Yu.Baxtiyorova ishtirokida tuzilgan dalolatnomaga koʻra, Olmaliq shahri M.Ulugʻbek MFY, Nizomiy koʻchasi, 4-uy 3-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Maʼrifat Boʻronova 2023-yil “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi 6-toifasi, yaʼni, nogironligi bor, tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand ayol sifatida roʻyxatga olingan.

📌 Ayolning qizi Gulchiroy Egamberdiyeva Piskent tumani Said qishlogʻiga turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor. G.Egamberdiyeva 2023-yilning aprel oyida MFY raisi S.Omonovaga qoʻngʻiroq qilib, hozirgi kunda yolgʻiz ayollarga imtiyozli tarzda “Haj” safariga yoʻllanma berilayotganligi, shu yoʻllanmani onasiga ham olib berishini soʻragan. MFY raisi bunday imtiyoz bilan mahalladan fuqarolar yuborilmaganligi, soʻrab surishtirilganida shahar miqyosida 3 nafar kam taʼminlangan fuqaro “Haj” safariga yuborilganligi hamda mazkur masala yuzasidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Olmaliq shahar boʻyicha bosh mutaxassisi Jamshid Pardayev (93-118-84-00) bilan bogʻlanishi mumkinligi haqida maʼlum qilingan.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#nazorat
#hokimlik_soati

⚡️Bugun Olmaliq shahar sektor rahbarlari boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibida quyidagi masalalar boʻyicha masʼullarning hisobotlari tinglandi.

1. “Tashabbusli byudjet” loyihasining navbatdagi mavsumi yakunlari toʻgʻrisida.

2. Shaharda jinoyachtchilikni jilovlash, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida.

3. “Ayollar daftari” 4-bosqich doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida.

4.Aholi muammolarini uyma-uy aniqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

Tinglangan masalalar yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokama oʻtkazilib, sustkashlikka yoʻl qoʻygan davlat xizmatchilari ogohlantirildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muddat berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri