Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.68K subscribers
33.6K photos
3.17K videos
146 files
8.67K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Акция пакетлари “битта акция – битта лот” тамойили асосида халқ IPOсини ўтказиш тартибида оммавий савдолар орқали сотиладиган 40 та корхоналар рўйхати

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 24 мартдаги ПҚ–102-сон қарори.


Каналга уланиш:
@uzauz
Sotiladigan_ko'chmas_mulklar_ro'yxati_PQ_102_24_03_23_2_ilova.pdf
815.9 KB
Оммавий савдолар орқали сотиладиган 1 046 та давлат ва давлат иштирокидаги корхоналарнинг кўчмас мулк объектлари рўйхати

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 24 мартдаги ПҚ–102-сон қарори.


Каналга уланиш:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Санжар Мавлонов, Яккасарой туман тиббиёт бирлашмаси бош шифокори:

— Тиббиётнинг бирламчи бўғинида меҳнат қилиб келмоқдаман. Ўзим ишлаётган туман мисолида аҳолига тиббиётнинг қай даражада яқинлашиб бораётганини айтиш, аввалги ҳолат билан таққослаш имконим бор. Биргина онлайн поликлиника лойиҳаси орқали оилавий поликлиникаларнинг иш юкламаси сезиларли қисқарди, фуқаролар ортиқча оворагарчиликлардан халос бўлди. Пойтахтнинг гавжум ҳудудларида ўрнатилган мини поликлиникалар ҳам ижобий янгиликлардан биридир. Мен шифокор сифатида ўзим ишлаётган тизимда бундай ўзгаришлар тўхтаб қолмаслигини истайман. Шу боисдан янгиланаётган Конституциямизни тўлиқ қўллаб-қувватлайман. Референдумда ўз саломатлигига бефарқ бўлмаган барча юртдошларимизни фаол бўлишларини сўрайман.

@menbefarqemasman
#Bandlik_ekskursiyasi

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi hamda shahar kasb-hunar maktabi faollari tashabbusi bilan bugun shahrimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan ishsiz boʻlgan 35 nafar yoshlar bilan birgalikda Toshkent shahridagi "Artel" korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

🚌 Ekskursiyada yoshlar "Artel" korxonasining sharoitlari, boʻsh ish oʻrinlari, ishchi xodimlari uchun berilgan imkoniyatlari, oylik ish haqi va korxona tomonidan berilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Ishlash istagini bildirgan yoshlarning 17 nafari bilan shartnoma tuzilib, ishga joylandi. Bu kabi ekskursiyalar yil davomida korxona va tashkilotlar boʻylab davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
@Olmaliq_shahri
#befarq_emasman

Chinakam xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz beramiz!

⚡️Bugun TDTU Olmaliq filialida “Chinakam xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz beramiz!” mavzusida huquqiy-siyosiy tadbir tashkil etildi. Unda oliy ta’lim muassasasi direktori texnika fanlari doktori, professor A.Samadov, direktorning birinchi o‘rinbosari, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori B.Djamiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

📌 Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy himoya va iqtisodiy farovonlik kafolatlari asosiy qonun darajasida mustahkamlanadigan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgani ta’kidlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Ayni damda shahrimizning "Oltin olma" xiyobonida "Yurtim munavvar oqshomlari" dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

@Olmaliq_shahri
#Yashil_makon

⚡️Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sharimiz hududlariga ham turli manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda.

📌Ushbu xayrli tashabbus yashil hududlarning koʻpayishi, iqlim oʻzgarishlarining oldini olish barobarida yosh avlod qalbida ona tabiatni asrash bilan bogʻliq qadriyatlarning davom etishiga xizmat qiladi.

@Olmaliq_shahri