Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.04K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
117 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси "BLOGERLAR ASSOTSIATSIYASI" дан келган жаноб Шуҳрат ШОН

Сўнгги вақтларда содда одамларнинг ишончига кириб, ҳақ эвазига уларнинг муаммоларини интернетга олиб чиқиш, шов-шув кўтариш орқали муаммоларини ҳал қилиб беришни ваъда берадиган, кейин эса йўқ бўлиб қоладиган «блогер» ниқобидаги кимсалар пайдо бўлмоқда.

Фуқаронинг муаммосини ҳал қилиб бериш учун келган мана бу шахснинг фойдаланаётган гувоҳномаси, Ўзбекистон Республикаси "BLOGERLAR ASSOTSIATSIYASI"га тегишли эканлиги кўрсатилган.

Адлия вазирлиги томонидан эса бу ном билан бирор ННТ рўйхатга олинмаган.

Гувоҳнома давлат ташкилотларига тегишли хизмат гувоҳномаси каби «ясалган». Бундай кўринишдаги гувоҳномадан фақат давлат ва хўжалик бошқаруви органлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ходимларигина фойдаланишлари мумкин.

Жиноят Кодекси 228-модда.

Ҳужжатлар, штамплар, муҳрлар ва бланкаларни тайёрлаш, уларни қалбакилаштириш, сотиш ёки улардан фойдаланиш;

Базавий ҳисоблаш миқдорининг эллик бараваридан юз бараваригача миқдорда жарима ёки уч юз олтмиш соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд уч йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

Ушбу ҳаракатлар такроран содир этилаётган бўлса;

Икки йилдан уч йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки уч йилдан беш йилгача озодликни чеклаш ёки уч йилдан беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

Ҳужжатнинг қалбаки эканлигини била туриб, ундан фойдаланиш;

Базавий ҳисоблаш миқдорининг йигирма беш бараваридан эллик бараваригача жарима ёхуд икки йилгача озодликни чеклаш ёки икки йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.


@BB_Tulyaganov
#FVB

Shahar hududida o'tkazilayotgan ''Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va Fuqaro muhofazasi'' oyligi doirasida Navroz umumxalq bayrami otkazilish rejalashtirilgan "Yoshlar bogi"da sodir bolishi mumkin bolgan favqulodda holat va yonginlarni oldini olish boyicha shahar FVB boshligi Akrom Yuldashev rahbarligida FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda oquv taktik mashqi otkazildi.

❇️ Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilish;
❇️ Turli xil muddati o'tgan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida kelib chiqishi mumkun bo'lgan botulizm kasalligining oldini olish;
❇️Odamlar hamda hayvonlar orasida tarqaladigan va yuqadigan turli xil yuqumli kasalliklardan saqlanish hamda kelib chiqishining oldini olish choralari haqida tushuntirish berildi.
❇️Xavfsizlik qoidalairiga amal qilish borasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#sumalak_sayli
#shukuh

⚡️ Yurtimizda fasllar kelinchagi bahor kelishi bilan kayvoni onaxonlar boshchiligida mahallalarimizda shukrona sifatida sumalak sayillari oʻtkazilishi azaliy qadriyatlarimizdan.

📌 Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi mahallalarda ham keng tusda nishonlanmoqda. Xususan, Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan sumalak sayli boshlab yuborildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#onlayn
#ochiq_muloqot
#sayyor_qabul

⚡️ Ayni damda Olmaliq shahar 1-sektor shtabida shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida sektor rahbarlari - prokuror Abdumalik Kuldashev, IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov hamda jinoyat ishlari boʻyicha Olmaliq shahar sudi raisi Maʼmurjon Toʻychiyev, Prezidentning Olmaliq shahridagi qabulxonasi mudiri Karim Raimjonov fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazishmoqda.

📌 Bugungi qabulga 10 nafar fuqaro kelgan boʻlib, ularning aksariyati bandlik masalasida murojaatlarini bayon etishmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#bellashuv
#taʼlim

Jajji malikalar

⚡️Olmaliq shahar Xalq taʼlimi tasarrufidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2023-yil 16-mart kuni maktabida 3g-sinf rahbari Xilola Abulqosimova va oʻquvchilari tomonidan Navroʻz umumxalq bayramini tantanavor ruhda oʻtkazish maqsadida “Jajji malikalar” nomli bellashuv tashkil etildi.

Bellashuvda 8 nafar qiz 4 ta shart asosida bellashdilar. Shartlarni bajarish davomida qizlarning chaqqonligi-yu hozirjavobligi tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Tadbirda barcha qizlar teng natijaga ega boʻlishdi.

📌 Bu kabi bellashuvlarni oʻtkazish qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube