Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Dolzarb_40_kunlik
#yashil_makon

Hokim yordamchilari bogʻi yaratilmoqda

⚡️Olmaliq shahri hokimining 52 ta mahalla fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan yordamchilari tomonidan ayni vaqtda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Metallurglar” koʻchasiga pavloniya daraxti koʻchatlari ekilmoqda.

📌- Oylik boshidan buyon hokim yordamchilari tomonidan 1700 tup manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan boʻlib, oy yakuniga qadar 2500 tup koʻchat ekishni rejalashtirganmiz,- deydi markaz rahbari Akrom Nishonov.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” umumilliy loyihasi tadbiri Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida

⚡️«Yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha bugun Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir filial professor o‘qituvchilari hamda xodimlari yordamida tashkil etilib, filial hududida 1000ga yaqin archa, mevali, manzarali daraxtlar ekildi hamda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

📌 Shu kabi tadbirlar kelgusida hududlarda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, ushbu jarayonlarga aholi, shu jumladan yoshlarning qiziqishini ortishiga, qolaversa, har bir fuqaroda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini kuchayishiga xizmat qiladi.

@Olmaliq_shahri
🌲#Yashil_makon

Maktabda "Deputatlar bog'i" tashkil etildi.

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari o'tgan shanba kuni aksiya tashkil qilib, shahrimizdagi 19-sonli IDUM da 50 tup manzarali daraxt ko'chatlari ekishdan edi.

🍎Bugun esa deputatlarimiz maktab hovlisidagi hududda deputatlar bog'ini tashkil qilib, ustozlar va o'quvchilar uchun deputatlar keltirgan 80 tup olma ko'chatlarini ekdilar.

🍏Ekish jarayonida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham qatnashib ko'chatlarning to'gri ekilishi va sug'orilishi mumkinligi kabi holatlar bo'yicha tavsiyalarni berdilar.

Yaqin yillarda 19-maktabga ajoyib navli shirin olmalardan ta'tib ko'rgani o'taverasizlarda 🤲🌳

@olmaliq_deputatlari
Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига

Работникам сферы здравоохранения Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from MINENERGY.UZ
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda

Kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Buning natijasida, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday hollarda, elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Xuddi shuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimining pasayishi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barcha yoqilg‘i-energetika obyektlarida maxsus navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
#qutlov

Olmaliq shahri Tibbiyot sohasi xodimlari va faxriylariga

▶️ Batafsil

@Olmaliq_shahri