Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
⚡️Shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida “Toshkent suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Olmaliq shahar filialida o‘rganish o‘tkazdi.

📌 Oʻrganish natijasida ushbu tashkilot kirill alifbosidan foydalanilayotgani hamda muhr, buyruq va chiqish xatlarida imloviy kamchiliklar borligi aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tegishli muddat berildi. Bu kabi o‘rganishlar barcha tashkilot va idoralarda oʻtkazilishi davom etadi.
O‘ziga xos derbi va super o‘yinga bepul kirib, ajoyib futbolni tomosha qilgan holda qimmatbaho sovg‘alar bilan uyga qaytish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Superliganing 21-turida AGMK Olmaliqda Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda Superliga medallari uchun jiddiy kurashayotgan, musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotgan va bir xil ochko to‘plagan 💛AGMK va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi ajoyib futbol bahsini o‘tkazib yubormang! Ushbu bahsda Olmaliq va Navoiy «konchilar» jamoalari o‘rtasida o‘ziga xos derbi maqomidagi o‘yin bo‘ladi.

Qadrli muxlis, sizda uchrashuvga bepulga kirib, ajoyib futbol o‘yinini tomosha qilgan holda uyga qimmatbaho sovg‘alar bilan qaytish imkoniyati mavjud!

Buning uchun siz shunchaki vaqtingizni maroqli o‘tkazish maqsadida, 8 oktabr kuni, soat 18:00da Olmaliqdagi OKMK sport majmuasiga kelasiz, qo‘lingizga bepul beriladigan chipta bilan o‘yinga kirasiz va uchrashuv tanaffusida chiptangiz seriya raqami orqali bir nechta o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar, xususan Televizor, maishiy texnika, futbol to‘plari va AGMK jamoasining original formalarini yutib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Unutmang, o‘yinga kirish chiptasi bepul taqdim etiladi va uchrashuv tanaffusida qo‘lingizdagi chipta seriya raqami orqali o‘ynaladigan lotereyada qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishingiz mumkin bo‘ladi.

AGMK - "Qizilqum" uchrashuviga barcha olmaliqlik va Toshkent viloyatining Angren, Oxangaron, Piskent, To‘ytepa va boshqa shaharlik barcha futbol muxlislarini bo‘lajak o‘yinga taklif qilamiz!

Manzil: Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi. Uchrashuv boshlanish vaqti: 8 oktabr kuni, soat 18:00.

Barcha futbol ishqibozlarini jamoamizning muhim o‘yiniga taklif qilamiz va ulardan qizg‘in qo‘llab-quvvatlovni kutamiz! Bonusiga esa muxlislarimizga qimmatbaho va unutilmas sovg‘alar tayyorlab qo‘yilgan! O‘yinga kirish chiptasi esa bepul!
#eʼlon

Diqqat!

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisidagi qonunning 17-moddasiga muvofiq, Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli xududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga xamda aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi lozim.

Shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarnining professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emasligi belgilangan.

    Olmaliq shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi maʼmuriyati, yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqib, hozirda vakant boʻlgan quyidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) lavozimiga tanlov eʼlon qiladi:

1. A.Yassaviy MFY
2. Koʻrpasoy MFY
3. S.Olloyor MFY
4. T.Malik MFY
5. Muqimiy MFY
6. Yulduz MFY
7. Doʻstlik MFY 
8. Zarbuloq MFY
9. Bobur MFY
10. M.Ulugʻbek MFY
11. M.Bexbudiy MFY
12. Ibn Sino MFY
13. M.Jalil MFY
14. Gʻ.Gʻulom MFY

  Yuqoridagi mahalla fuqarolari yigʻinlariga rais (oqsoqol) lavozimiga oʻz nomzodini bermoqchi boʻlgan fuqarolarni, Olmaliq shahar saylov komissiyasi ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

☎️ 93-628-62-21  Muhiddin Abdullayev
☎️ 94-405-54-33 Gulchehra Igamnazarova

@Olmaliq_shahri
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#sektor_bosqichi
#milliy_kurash

⚡️Xabaringiz bor, yurtimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida sport musobaqalariga start berilgan.

📌Ayni vaqtda Olmaliq shahrida olimpiada doirasida sportning 🤼milliy kurash turi bo'yicha sektor bosqichi o'tkazilmoqda.

G'olib bo'lgan sportchi yoshlarimizga olimpiadaning shahar bosqichida omad tilaymiz.

@Olmaliq_shahri
#keksalar_haftaligi

⚡️"Nuroniylar haftaligi" doirasida shahrimizdagi "Namuna" MFYda istiqomat qiluvchi 2-jahon urushi qatnashchisi Ashir Usarovning holidan xabar olindi

📌 Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i X.Kamolov, Nuroniylar bo'yicha maslahatchi M.Abdullayev boshchiligida 98 yoshli otaxonga sovg'a-salomlar topshirildi.

@Olmaliq_shahri
#keksalari_eʼzoz_topgan_yurt
#maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir

“Keksalar haftaligi” tadbirlari davom etmoqda


⚡️Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Olmaliq shahrida ham joriy yil 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʻoya ostida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilmoqda.

📌Haftalik doirasida “Koinot”  mahallasidagi  15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat shahar boʻlinmasi hamkorligida maktabning keksa faxriy oʻqituvchilariga maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

🔹Tadbirda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, shoir Luqmon Musulmon ishtirok etib, keksalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, ularni ijtimoiy faolligini oshirish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar uchun rahmat aytdi.Ular uchun bir piyola choy tashkillanib, esdalik sovgʻalari tarqatildi.

@Olmaliq_shahri
«Яқинда беш миллион олган экансиз, шу сабаб мурожаатингиз рад қилинди деб ёзаман» — Тошкент вилояти ҳокими.

Батафсил — https://dy.uz/iZZRi
#LIVE

⚡️Ayni damda Toshkent viloyati hokimi boshchiligida xalq taʼlimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi
. Yigʻilish tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtmoqda.

Demak, bugun taʼlim sohasida katta oʻzgarishlar kutilmoqda.

JARAYONNI ONLAYN KUZATISH UCHUN:

📱 https://fb.watch/g0-dH1mGU7/

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ЖССТ дунёда холера вабоси кенг тарқалишидан хавотирда

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти шу кунларда инсоният яна бир хавфли эпидемия билан юзлашиши эҳтимолидан жиддий ташвишда ва бунга етарлича асослар ҳам бор.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3CiIcIL

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar mahalliy Kengashining Konferensiyasi o‘tkazildi

⚡️Mazkur konferensiyada Olmaliq shahar hokimining birinchi o'rinbosari Shermuhammad Begiyev, Ittifoqning korxona-tashkilot yetakchilari, saylov yigʻilishlarida saylangan 130 nafar delegatlar, faol yoshlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

📌 Konferensiya davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar mahalliy Kengashining 2017-2022-yillar davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan umumiy hisoboti hamda nazorat-taftish komissiyasining hisobotlari tinglanib, unda oʻtgan davr mobaynida mahalliy Kengash tomonidan tashkilotning oʻz oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifa va maqsadlarni amalga oshirishda erishgan yutuqlari sarhisob qilindi. Konferensiya davomida Shahar Kengashi raisligiga Muhriddin Musurmonov saylandi.

@Olmaliq_shahri