Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.66K subscribers
33.6K photos
3.17K videos
146 files
8.67K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#kibersport

⚡️Mahallalarda istiqomat qiluvchi 16-30 yosh toifasidagi yoshlar oʻrtasida "Yoshlar kubogi" Kibersport musobaqasi shahrimizdagi Game Haus klubida tashkil etildi. Musobaqa Nizomiga koʻra ishtirokchilar DOTA2,  CS:GO, FIFA22 va PESS22  yoʻnalishlarida yakkaxon va jamoaviy tarzda ishtirok etishdi. Murosasiz kechgan musobaqada kuchlilar gʻalaba qozonib musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

📌 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tadbirlarimiz davom etadi. Ertaga 19-may kuni "Kasblar tanlovi" boʻyicha "Erkaklar sartaroshligi" va futbol boʻyicha DXX kubogining qizlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#xushxabar

⚡️ Kuni kecha, 18-may kuni shahrimizda oʻtkazilgan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻrtasida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi.

📌 Xabar berganimizdek, ushbu tanlovda viloyatning 22 ta tuman va shaharlarida birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 22 ta taʼlim muassasasidan 5 nafardan 110 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Tanlovga ajratilgan 2 soatlik vaqt davomida oʻquvchilar bilimlarini javob varaqalarida namoyon qildilar.

Natijalar quyidagicha:
1️⃣ -oʻrinni Olmaliq shahridagi 5-мaktab oʻquvchilari egallab, 250 000 000 soʻm;
2️⃣-oʻrinni Ohangaron tumanidagi 52-maktab oʻquvchilari egallab, 200 000 000 soʻm;
3️⃣ 3-oʻrinni Zangiota tumanidagi 22-maktab oʻquvchilari egallab, 150 000 000 soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#seminar

⚡️Olmaliq shahar hokimligida yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo'yicha o'quv-seminari tashkil etildi.

📌 Shahar hokimi o'rinbosari S.Axmedov, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i N.Alimov, shahar IIB HPB katta inspektori podpolkovnik F.Xalmenova, Milliy gvardiya guruh komandiri Q.Qo'ziboyev va shahar tibbiyot xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Seminarda "Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Президент Шавкат Мирзиёевнинг камбағалликни қисқартиришга бағишланган II халқаро форум иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам II Международного форума по сокращению бедности

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat

⚡️1977 yildan buyon dunyoda an’anaviy tarzda 18 may - “Xalqaro muzeylar kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Muzeylar faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmasdan, ular bizni o‘tmish sayohatiga chorlovchi yo‘lchi yulduz hamdir.

📌Olmaliq shahridagi O‘lkashunoslik muzeyida ham bugungi kunda 15 ming 19 ta eksponat saqlanib kelinmoqda. 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan kecha muzeyda o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar" kunida 647 nafar oquvchi tashrif buyurib, uzoq o‘tmishga sayohat qilishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#diqqat

⚡️ Olmaliq shahrida “O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni” bayram tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida,

- 2023-yil 19-may kuni soat 18:00 dan 22:00 ga qadar shaharda "Obihayot" ko‘chasining Alisher Navoiy ko‘chasi hamda Turkiston ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha va unga tutashgan barcha ichki ko‘chalar;

- 2023-yil 20-may kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar shaharda Yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Amir Temur ko‘chasining "Kamalak" chorrahasidan "Gulshan" (Ramazanov) ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha barcha tutashgan (Furqat, "Yuksalish", Alisher Navoiy, "Istiqbol") ko‘chalari, shuningdek "Yuksalish" (Olimpiya) ko‘chasining "Parvoz" (8-mart) ko‘chasi bilan kesishgan qismi va Alisher Navoiy ko‘chasining "Istiqbol" ko‘chasi bilan kesishgan qismi yopilib, avtomobil transport qatnovi harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#ochiq_muloqot
#sayyor_qabul

⚡️ Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bugun 1-sektor shtabida fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

📌Qabulda shuningdek, shahar sektor rahbarlari - prokuror Abdumalik Kuldashev, IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov hamda hokim oʻrinbosarlari murojaatlarni tinglab, birgalikda yechim topish choralari koʻrildi.

Bugungi qabulda 20 nafardan ziyod fuqaro bandlik, suv, uy-joy, yer hamda moddiy yordam masalalari boʻyicha murojaat qilishdi. Tinglangan murojaatlar nazoratga olindi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri