Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.96K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#tanlov

"XORIJIY TILLARNI OʻQITISH BOʻYICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVI TOSHKENT VILOYAT BOSQICHI

Vazirlikdan keltirilgan maxsus qutida ishtirokchilar uchun tanlov savollari shu yerning oʻzida xolislar va oʻquvchilar ishtirokida ochildi.

❗️Ishtirokchilarga barcha savollarga javob berish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#kibersport

⚡️Mahallalarda istiqomat qiluvchi 16-30 yosh toifasidagi yoshlar oʻrtasida "Yoshlar kubogi" Kibersport musobaqasi shahrimizdagi Game Haus klubida tashkil etildi. Musobaqa Nizomiga koʻra ishtirokchilar DOTA2,  CS:GO, FIFA22 va PESS22  yoʻnalishlarida yakkaxon va jamoaviy tarzda ishtirok etishdi. Murosasiz kechgan musobaqada kuchlilar gʻalaba qozonib musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

📌 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tadbirlarimiz davom etadi. Ertaga 19-may kuni "Kasblar tanlovi" boʻyicha "Erkaklar sartaroshligi" va futbol boʻyicha DXX kubogining qizlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#xushxabar

⚡️ Kuni kecha, 18-may kuni shahrimizda oʻtkazilgan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻrtasida “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi.

📌 Xabar berganimizdek, ushbu tanlovda viloyatning 22 ta tuman va shaharlarida birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 22 ta taʼlim muassasasidan 5 nafardan 110 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Tanlovga ajratilgan 2 soatlik vaqt davomida oʻquvchilar bilimlarini javob varaqalarida namoyon qildilar.

Natijalar quyidagicha:
1️⃣ -oʻrinni Olmaliq shahridagi 5-мaktab oʻquvchilari egallab, 250 000 000 soʻm;
2️⃣-oʻrinni Ohangaron tumanidagi 52-maktab oʻquvchilari egallab, 200 000 000 soʻm;
3️⃣ 3-oʻrinni Zangiota tumanidagi 22-maktab oʻquvchilari egallab, 150 000 000 soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#seminar

⚡️Olmaliq shahar hokimligida yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo'yicha o'quv-seminari tashkil etildi.

📌 Shahar hokimi o'rinbosari S.Axmedov, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi boshlig'i N.Alimov, shahar IIB HPB katta inspektori podpolkovnik F.Xalmenova, Milliy gvardiya guruh komandiri Q.Qo'ziboyev va shahar tibbiyot xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Seminarda "Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube