Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.93K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#inson_qadri_uchun

⚡️Olmaliq shahar prokurori, 2-sektor rahbari Abdumalik Kuldashev tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan Olmaliq shahar “Koʻrpasoy” MFY va A.Avloniy MFYda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi hamda ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi va oʻzini oʻzi band qilish uchun tikuv mashinasi berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Kasblar_tanlovi
#Erkaklar_sartaroshi_musobaqasi

⚡️Yurtimiz boʻylab ilk marotaba "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi 18-30 yoshdagi yoshlar oʻrtasida "Kasblar tanlovi" boʻyicha "Erkaklar sartaroshi" tanlovi shahrimizning barcha sektorlarida boʻlib oʻtmoqda.

📌 Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan 200 ga yaqin yoshlardan eng iqtidorlilari saralanib, gʻoliblar aniqlanmoqda. Maʼlumot uchun, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlarimiz musobaqaning shahar bosqichiga yoʻllanma olishadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#inson_qadri_uchun

⚡️Olmaliq shahar IIB boshligʻi podpolkovnik J.Manazarov tashabbusi bilan, Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq- ovqat jamlanmalari tarqatildi. Shu bilan birga ushbu oilalarning xonadonlari taʼmirlab berilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
@Olmaliq_shahri
🛣 “Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi jarayoni yakunlandi


🔵Kecha, 27-aprel kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

📲Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi.

📆 Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#maʼnaviyat_festivali

📚Kuni kecha Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida poytaxtdan kelgan mehmonlar texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Xasanovning uy kutubxonasida boʻlishdi. Tashrif davomida mehmonlarga Abdurashid Xasanov tomonidan kutubxona haqida toʻliq va batafsil maʼlumot berildi.

📌Shundan soʻng, mehmonlar mazkur uy kutubxonadagi mavjud adabiyotlar hamda tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ushbu uy kutubxonaga uyushtirilgan sayohat mehmonlarda ijobiy taassurot qoldiribgina qolmay, kelgusida ushbu kutubxona bilan yanada yaqindan tanishish va foydalanish taklifi bildirildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

⚡️ Olmaliq shahrida “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tdi.


Kanalga ulanish
⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube