Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.92K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#xalq_bilan_muloqot

⚡️Kuni kecha Olmaliq shahar sektor rahbarlari shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan qabul oʻtkazishdi. Tinglangan murojaatlar sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olinib, taalluqliligi yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

📌Endilikda sektor rahbarlarining bu kabi qabullari har kuni belgilangan reja asosida shahrimizning har bir mahallasida tashkil etiladi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#ehtirom

⚡️18-aprel - Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bugun Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov shahrimizdagi ushbu soha vakillari bilan uchrashib, suhbatlashdi, samimiy tilaklar bildirildi.

📌 Suhbat davomida hokim shahrimizdagi har bir xonadonni kommunal xizmatlari bilan uzluksiz taʼminlab kelayotgan, yashash turmush tarzini yanada qulaylashtirayotgani, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini yanada yaxshilayotganini eʼtirof etib oʻtib, kasbiga fidoyi bir guruh zahmatkashlar Olmaliq shahar hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#ta'lim
#tanlov

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” respublika tanlovining shahar bosqichi oʻtkazildi

⚡️Bugun shahrimizning Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 24 ta maktabning saralangan 55 nafar oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

📌 Ingliz tili bilimdonlari shahrimizning 5-maktabida toʻplandi. Har bir oʻquv dargohidan 5 nafar oʻgʻil-qiz 1,5 soat mobaynida ingliz tili boʻyicha oʻz bilim va mahoratini sinovdan oʻtkazdi.

Ushbu tanlov natijasiga koʻra

🥇1-oʻrinni egallagan 5-maktab jamoasi 100 000 000 soʻm pul mukofoti,

🥈2-oʻrinni egallagan 11-maktab jamoasi 75 000 000 soʻm pul mukofoti,

🥉3-oʻrinni egallagan 19-maktab jamoasi 50 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#tashrif

General-mayor yoshlar bilan uchrashdi

⚡️ Bugun Olmaliq shahriga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich tashrif buyurib, ijtimoiy himoyaga muhtoj va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

📌 Uchrashuv davomida general-mayor tomonidan yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglanib, yechimi boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Uchrashuv yakunida yoshlarga esdalik sovgʻalari tuhfa etildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube