Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.96K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муддатидан олдин овоз бериш тартиби

✔️ Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

🗓 Референдумда муддатидан олдин овоз бериш 19-26-апрел кунлари амалга оширилади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

⚡️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda Diniy qoʻmitaning shahar boʻlimi bilan hamkorlikda bugun 22-umumtaʼlim maktabida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom - tinchlik dini” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📌 Suhbat davomida soha mutaxassislari soʻzga chiqib, jaholat soʻzini maʼnosi, jahonda roʻy berayotgan notinchliklar toʻgʻrisida gapirib, bizning yurtimizda eng katta boylik bu tinchlik ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Jamiyatimizda turli yot gʻoyalarga aralashib qolayotganlar, tinchligimizga rahna soluvchilar ham borligi tashvishga solishi taʼkidlandi. Suhbat yakunida “Soxta daʼvolar!” hujjatli film namoyish etildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#MUNOSABAT

⚠️ Telegram messenjeri orqali tarqalayotgan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli obyektning holati tasvirlangan videolavha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o’rganilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatilgan hamda tegishli organlarga taqdim etish uchun zarur hujjatlar to'planmoqda. Yanada to‘liq tafsilotlar haqida tez orada ma'lumot beramiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄 Toshkent viloyati Olmaliq shahri I.Karimov MFY hududida bunyod etilayotgan  9 qavatli turar-joy binosi qurilishida aniqlangan qoidabuzarliklar va sifatsiz bajarilgan ishlar:

•  ushbu turar-joy binosini qurishda SHNQ 2.01.03-19  “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda kotlovan tayyorgarligi toʻgʻrisida geolog dalolatnomasi va zamin tuproq qatlami zichligi boʻyicha laboratoriya xulosalari toʻliq rasmiylashtirilmagan;
•  obyektning barcha qavatlarini koʻtarishda SHNQ 2.01.03-19  “Zilzilaviy xududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda monolit-beton kontruksiyalarning mustahkamligi boʻyicha laboratoriya sinovlarining xulosalari olinmagan;
•  obyektda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

😎Xavfsizlik lentalari tortilmay opalubka montaj ishlari bajarilgan. Shuningdek, opalubka montaj ishlarida loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatilgan;
•  obyekt qurilishining  loyiha va qurilish meʼyorlari talablariga muvofiq amalga oshirilganligi yuzasidan ijro sxemalar, ishlatilgan qurilish materiallarining sifatini tasdiqlovchi pasport va sertifikatlar, yopiq ishlar dalolatnomalari SHNQ 3.01.01-03 talablarida belgilangan ijro hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilmagan.

Bugungi kunda qurilish montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklarni loyiha va qurilish meʼyorlari talablari asosida bartaraf etilishi yuzasidan texnik nazoratchi hamda pudratchi masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Pudrat tashkiloti rahbari Oʻzbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

⚡️Olmaliq shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Davron Abduqahhorov:

- Olmaliq shahrining ichki yoʻllarini asfaltlashga byudjetdan 1,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi. "Ochiq budjet" axborot portalida ro‘yxatdan o‘tib, "Mening yo‘lim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun takliflaringizni kiritishingiz mumkin.

Loyihada faol qatnashib, mahallangiz yo‘llarining ravon bo'lishiga hissa qo'shing!

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#Insonga_e'tibor

Hukumatning 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

ishsiz xotin-qizlar uchun — ularni bandligini ta’minlash;

tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda ularni uy-joyini ta’mirlash;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — tibbiy yordamlar ko‘rsatish;

uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — ijara kompensasiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash;

qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — bir martalik moddiy yordam berish, zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Нилуфар Қаҳҳарова, Бостон (АҚШ) болалар шифохонаси дастур менежери:

— Барча ватандошлар сингари мен ҳам Ўзбекистонда бўлаётган ўзгаришларга бефарқ эмасман. Хусусан, янгиланаётган Конституциянинг 115-моддасида илм-фан, таълим, соғлиқни сақлаш соҳасини ривожлантиришга қаратилган дастурлар ишлаб чиқилиши ҳамда бажаралиши учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси жавобгардир деган банди айнан шу соҳа вакили бўлганим учун мени хурсанд қилди. 48-моддада аҳолининг санитария-эпидемиологик осойишталигини таъминлаш чоралари кўрилиши, 51-моддада илмий тадқиқотларга шароит яратиб берилиши қонун доирасида белгиланаётгани айни муддао.

Тиббиёт соҳасида илмий тадқиқотларни ривожлантириш, даволаш сифатини ошириш, тиббий хатоликларнинг олдини олиш жуда муҳим. Айниқса, бу дастурлар қонунга киритилиши мамлакатимизда хавфсиз тиббиётни таъминлаш учун қилинаётган ислоҳотлардан далолат беради. Соғлом аҳоли кучли миллатдир, кучли миллат эса ҳар қандай жиҳатдан мустаҳкам давлатга айланиб бораверади.

@menbefarqemasman
🗳Бугун 19 апрелдан муддатидан олдин овоз бериш бошланди

Бугун республика бўйлаб соат 9:00 дан референдум участкалари муддатидан олдин овоз бериш учун очилди.

☑️ Референдум участкасида муддатидан олдин овоз бериш вақти иш кунлари соат 9:00 дан соат 18:00 га қадар, дам олиш ва байрам кунлари соат 12:00 дан соат 16:00 га қадар амалга оширилади.

✔️ Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

🗓 Муддатидан олдин овоз бериш 2023 йил 19 апрель куни бошланиб, 2023 йил 26 апрель куни якунланади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
#Iftorlik

Ezgu ishlar davom etmoqda

⚡️ Muqaddas mohi ramazon kunlari muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir. Bunday ezgu tushunchalar ayniqsa, muborak mohi ramazonda yanada keng quloch yoymoqda. Mahallalarda ijtimoiy ko‘makka muhtojlar holidan xabar olinib, ular uchun iftorlik dasturxoni tuzilmoqda.

📌 Xususan, kuni kecha Furqat mahallasida nuroniylar, ehtiyojmand, fuqarolarga Mahalla xayriya jamoat fondi mablag‘lari evaziga xayr-ehson ko‘rsatish maqsadida iftorlik uyushtirildi.

Quvonarlisi, bu singari iftorliklar Olmaliq shahridagi har bir mahallada o‘tkazilmoqda. Zero, Ramazon insonlarni o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga, keksalar va bemorlar, yaqinlar holidan xabar olishga, muhtojlarga xayr-saxovat qilishga chaqiradi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#xalq_bilan_muloqot

⚡️Kuni kecha Olmaliq shahar sektor rahbarlari shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan qabul oʻtkazishdi. Tinglangan murojaatlar sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olinib, taalluqliligi yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

📌Endilikda sektor rahbarlarining bu kabi qabullari har kuni belgilangan reja asosida shahrimizning har bir mahallasida tashkil etiladi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube