Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.96K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#jarayon

Yangi O‘zbekiston massivida maktab qurilishi boshlanmoqda

⚡️Shahrimizning Abdulla Qahhor mahallasidagi bo‘sh yer maydoniga Yangi O‘zbekiston massivi hamda massiv uchun 960 o‘rinli maktab qurilishi boshlanmoqda.

📌Shu munosabat bilan mazkur xayrli ish oldidan shahrimiz sektor rahbarlari nuroniylar boshchiligida yaxshi niyatlar bilan qurbonlik ato etishib, duoi fotihaga qo‘l ochdilar.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#yashil_makon

🌳Ayni damda shahrimiz koʻchalarida "Har bir yoshga bir nihol", " Yashil makon" aksiyalari davom etmoqda.

🌱Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi, mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan shahrimizdagi mahallalarda keng qamrovli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilayotgan bir vaqtida shahrimiz yoshlari ham bir chetda qarab turmayotganligi quvonarli hol. Albatta, kuch birlikda, agar yoshlar birlashsa har doim mahallamiz obod va yurtimiz koʻrkam boʻlishdan toʻxtamaydi.

@Olmaliq_shahri
⚡️ "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Sharof Rashidov MFY fuqarolari, mahalla yoshlari tomonidan 550 donadan ortiq mevali daraxtlar ekilmoqda

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Давлат хизматчиси қачон совға олиши мумкин?

Адлия вазирлиги тасдиқлаган низомга кўра, давлат фуқаролик хизматчиси Ўзбекистондан ташқаридаги хизмат сафарлари, халқаро ва бошқа расмий тадбирлар, Ўзбекистонда ўтказиладиган халқаро ва бошқа расмий тадбирларда совға олиши мумкин.

Ўзбекистондаги бошқа хизмат сафарларида совға олиш мумкин эмас.

Давлат фуқаролик хизматчиси оладиган совға қуйидаги талабларга жавоб бериши керак:

миллий қонунчиликда тақиқланмаган ашёлар бўлиши;
совға халқаро ва бошқа расмий тадбирда ихтиёрий берилган бўлиши;
совға очиқ ва ошкора қабул қилиниши;
давлат органининг обрўсига путур етказмаслиги;
миллий қонунчилигимизда тақиқланмаган ашёлар бўлиши;
совға халқаро ва бошқа расмий тадбирда ихтиёрий берилган бўлиши;
совға очиқ ва ошкора қабул қилиниши;
давлат органининг обрўсига путур етказмаслиги;
манфаатлар тўқнашуви ёки коррупциявий омилни келтириб чиқармаслиги.

Давлат фуқаролик хизматчиси совғани тадбирдан келгандан сўнг 3 иш кунида хўжалик бўлимига беради ва бунда далолатнома тузилади.

Совғанинг қиймати аниқ бўлмаса, хўжалик бўлими уни баҳолайди ва унинг қиймати БҲМнинг 4 бараваридан (1,2 млн сўмдан) кўп бўлмаса, совға давлат фуқаролик хизматчисига берилади.

Совға қиймати БҲМнинг 4 бараваридан кўп бўлса, у молия-иқтисод бўлинмаси томонидан давлат органи балансига кирим қилинади ҳамда давлат органи эҳтиёжи учун фойдаланилади.

Тез яроқсиз ҳолга келувчи совғалар (гул, ширинликлар), шунингдек канцелярия тўпламлари (тақвим, буклет, пластмассали ручка, кундалик ва блокнот) совға сифатида расмийлаштирилмайди ҳамда ушбу совғалар давлат фуқаролик хизматчисида қолдирилади.
Mahallalarda shaxmat musobaqasi davom etmoqda

⚡️Shahrimizning barcha mahallalarida yoshlar oʻrtasida katta qiziqish bilan shaxmat turniri oʻtkazilib kelinmoqda.

Bugun 3-sektor hududidagi Hamza, "Toshkent", Ibn Sino," "Bogʻaro", "Yangi hayot", M.Jalil A.Avloniy, I.Karimov hamda A.Qahhor mahallalari yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shahrimizdagi 1-, 2-, 11-sonli umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari oʻrtasida shaxmat turniri boʻlib oʻtdi.

📌Musobaqada 150 dan ortiq yosh ishtirok etishdi. Shaxmat ixlosmandlarini oʻziga jam qilgan musobaqada yoshlarimiz shaxmat oʻyinini oʻynash bilan birga boʻsh vaqtlaridan ham unumli foydalandilar.

🏆Murosasiz kechgan turnirda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar Yoshlar agentligi shahar boʻlimi tomonidan maxsus diplom hamda sovgʻalar bilan taqdirlandi.

@Olmaliq_shahri