Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.88K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
122 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Конституциясига оид референдум 30 апрель куни бўлиб ўтaди

📍 https://uza.uz/posts/461310

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#shukuh

Mahallalarda sumalak sayli davom etmoqda

⚡️ Sumalak sayli - Navroʻz bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xos boʻlgan tadbir. Sumalak Navroʻzning shoh taomi hisoblanib, xushxoʻr va tansiq taom hisoblanadi.

📌 Bugun, shahar 3-sektor hududidagi I.Karimov MFYda sektordagi mahallalar ahli tomonidan sumalak sayli tashkil etildi.
Unda nuroniylar bosh boʻlib, ezgu tilaklar bilan katta-yu kichikni tadbirga chorladi.

Sumalak sayli mahalla ahlining shoʻx-shodon qoʻshiqlari-yu, laparlariga, laparlar esa raqslarga ulandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#yashilmakon

🌳
Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doiarasida joylarda hududlarni yashil maydonga aylantirish, go'zal bog'u-rog'lar barpo etishdan iboratdir.

🌱Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo`limi mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan shahrimizdagi mahallalarda keng qamrovli obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

"Har bir yoshga bir nihol", " Yashil makon" aksiyasi doirasida mahalladagi faol yoshlar koʻchatlar ekib, koʻchalarni obod qilishmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#jaholatga_qarshi_maʼrifat

⚡️ Diniy qoʻmitaning Olmaliq shahar boʻlimi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda bugun Olmaliq shahar Xalq taʼlmi boʻlimi tasarrufidagi 7-umumtalim maktabida oʻquvchilar oʻrtasida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” shiori ostida “Islom tinchlik dini” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida soha mutaxassislari soʻzga chiqib, jamiyatimizda turli yot gʻoyalarga aralashib qolayotganlar, tinchligimizga rahna soluvchilar ham borligi tashvishga solishi taʼkidlandi. Bugun maʼrifatga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhim masala ekanligi, maʼnaviyat eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz boʻlishi, bunda yoshlarimizning odob-ahloqi, yurish-turishi, taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidlandi.

Targʻibot tadbiri davomida oʻquvchilarga “Soxta daʼvolar” mavzusida xujjatli film namoyish etildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube