Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.94K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#shukuh

Taʼlim muassasalarida sumalak sayli

⚡️ Oʻzbek xalqi azal-azaldan mehr-muruvvat atalmish buyuk qadriyatni qadrlaydigan, eʼzozlaydigan insoniy xislatlar egasidir. Navroʻzi olam ham ushbu qadriyatlar, qolaversa milliy anʼanalarimizni oʻzida aks ettiradigan qadimiy bayramlarimizdan sanaladi.

📌Navroʻz bayrami arafasida Olmaliq shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi barcha umumtaʼlim maktablarida ham milliy qadriyatlarimiz yoʻgʻrilgan tadbirlar boshlab yuborildi. Koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari, maktablarda sumalak sayillari tashkillashtirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha shahar Xalq taʼlimi boʻlimida oʻzaro birdamlik, ahillik bilan bahor taomi - sumalak tayyorlandi. Sumalak saylida shahar hokimi oʻrinbosarlari Sh.Begimov, S.Ahmedov ham ishtirok etishdi. “Barkamol avlod” markazi doirachi oʻquvchilari bayramga alohida shukuh bagʻishlashdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#hokimlik_soati

Topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼullarning hisobotlari eshitildi

⚡️ Bugun Olmaliq shahar sektor rahbarlari - shahar hokimi Qobil Xamdamov, prokuror Abdumalik Kuldashev hamda IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov boshchiligida navbatdagi “hokimlik soati” yigʻilishi oʻtkazildi.

📌 Yigʻilish kun tartibida “Navroʻz” bayramiga tayyorgarlik, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi tadbirlar ijrosi, 408-qaror ijrosi hamda fuqarolar murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha masʼullarning hisobotlari tinglandi. Topshiriq va qarorlar ijrosi boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻygan mutasaddilar tanqid ostiga olinib, qatʼiy ogohlantirishlar berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
⚡️11 март куни умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади

Ҳукумат фармойишига (91-Ф, 04.03.2023 й.) асосан Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлаш ҳамда муборак Рамазон ойини қарши олишга тайёргарлик кўриш, маҳаллалар, аҳоли турар жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида 2023 йил 11 март куни “Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
“2023_йилги_Наврўз_умумхалқ_байрамига_тайёргарлик_кўриш_ва_уни_ўтказиш.pdf
3 MB
#қарор

⚡️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг 01.03.2023 йилдаги “2023 йилги Наврўз умумхалқ байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги ПҚ-82-сон Қарори

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#sumalak_sayli
#shukuh

⚡️ Yurtimizda fasllar kelinchagi koʻklam bahor kelishi bilan kayvoni onaxonlar boshchiligida mahallalarimizda shukrona sifatida sumalak sayillari oʻtkazilishi azaliy qadriyatlarimizdan.

📌 Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi mahallalarda ham keng tusda nishonlanmoqda. Xususan, bugun 2-sektor hududidagi mahallalar ahli tomonidan doshqozonga solingan sumalak tayyor boʻlib, “Navroʻz” bayram tadbiri boshlab yuborildi. Mahalla ahli birlashib, ayyom palovlari tayyorlanib, barchaga ulashildi. Bayram dasturxoni atrofida jam boʻlgan nuroniylar qoʻllarini duoga ochib, ezgu niyatlar tilashdi.

Xushovoz xonandalarning qoʻshiqlariyu laparlari shoʻx raqslarga ulandi. Sayilda shuningdek, bolalar arqon tortish, shaxmat va boshqa suport turlari boʻyicha bellashdilar.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube