Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#bandlik

Mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

⚡️Olmaliq shahar hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tashabbusi bilan bugun Arxitektura va qurilish texnikumi binosida “aliment toʻlovchi”, “Jazodan ozod qilinganlar” va ish qidirayotgan fuqarolar uchun navbatdagi mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

📌 Yarmarkada Olmaliq shahridagi barcha budjet tashkilotlari, jumladan “Enter engenering” va “Enter Steel” kabi 27 ta yirik korxona 1986 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada 200dan ziyod fuqaro ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 95 nafari “Enter enjinering” va “Enter Steel” korxonalariga hujjat topshirdi, 22 nafari yarmarkaning oʻzida korxonalarga ishga kirish imkoniyatiga ega boʻldi, 9 nafari kasb-hunarga oʻqish istagini bildirishdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#tarannum

⚡️ Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi va 22-maktab òquvchilari bilan hamkorligida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi va davlat arbobi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlab “Allomalar ibrati oltin meros” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir òtkazildi.

📌 Tadbir davomida Z.M.Boburni tarannum etuvchi kuy va qoʻshiqlar, gʻazallar ijro etildi. Tadbir soʻngida oʻquvchilar AKM tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
⁉️ Ташаббусли бюджет лойиҳасида бир таклифда бир нечта муаммо киритиш мумкинми ?


📚Ўзбекистон Респубикаси Олий Мажлис Сенати Кенгашининг 2022 йил 30 июндаги КҚ-377-IV-сонли қарорига асосан Таклиф мазмунан ягона ижтимоий муаммони ўзида акс эттириши лозимлиги белгиланган.

❗️Шундай экан, фуқаролар томонидан бир таклифда бир нечта муаммоларнинг киритилиши, ушбу таклифнинг модерация босқичида рад этилишига сабаб бўлиши мумкин.

Мисол учун, 

Тошлоқ туман Катта кўча МФЙ ички йўлларини таъмирлаш ва ичимлик суви таъминотини яхшилаш.

Тошлоқ туман Катта кўча МФЙ ички йўлларини таъмирлаш.

⚠️ Хўш унда маҳаллардаги бир нечта муаммоларни қандай бартараф этиш мумкин?

Бундай ҳолатда маҳаллалардаги ҳар бир муаммо бўйича алоҳида ташаббускор фуқаролар томонидан лойиҳалар алоҳида қилиб киритилиши ёки овоз йиғишда қийинчилик бўлмаслиги учун Ташаббусли бюджет лойиҳасининг ҳар бир мавсумида биттидан муаммони таклиф сифатида киритган ҳолда муаммоларни босқичма босқич ҳал этиш мақсадга мувофиқ.


👇🏻 Каналга аъзо бўлинг!
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости и содержательной организации досуга молодежи.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ijtimoiy_ximoya

Yordamga muhtoj aholi qatlamlari moddiy qoʻllab-quvvatlanmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslar, daromadsiz va vaqtincha ishsiz boʻlgan fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 979 million soʻm mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Z. Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#muloqot #targʻibot
#profilaktika

Sektor rahbarlari yoshlar bilan muloqotda boʻldi

⚡️Olmaliq shahar hududida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini barvaqt olish borasida mutasaddilar tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

📌 Jumladan, shahar sektor rahbarlari - hokim Qobil Xamdamov, prokuror Abdumalik Kuldashev hamda IIB boshligʻi Jamoliddin Manazarov boshchiliklarida shahrimizdagi taʼlim muassasalarida yoshlar bilan davra suhbatlari tashkil etilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

❇️ Suhbat davomida shuningdek, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida taldbir ishtirokchilariga hayotdan adashib, jazo muddatini oʻtayotgan yoshlarning fikrlari aks etgan videolavhalar namoyish etildi.

Bu kabi targʻibot ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube