Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.95K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Uch_avlod_uchrashuvi

IIBB faxriylari shaxsiy tarkib bilan yuzma-yuz

⚡️ Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hudud, Olmaliq shahar IIBda viloyat IIBB Faxriylar Kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Abdujabbor Yusupov, Olmaliq shahar IIB Faхriylar Kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Abdumajid Shodiyev va bir qator faxriylar bilan “Uch avlod ushrashuvi” tadbiri tashkillashtirildi.

📌 Tadbirda xizmat vaqtida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir necha xodimlarning xizmat faoliyati ularning ota-onalari, faxriylar va bevosita rahbarlari bilan birgalikda muhokama qilindi hamda kelgusida kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik borasida tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida xizmat faoliyatida yaxshi natajalarga erishgan xodimlar taqdirlandi.

Bundan tashqari mazkur tadbir ishtirokchilariga “Ichki ishlar organlirini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-10-sonli Qarorning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Maxsus komissiya yig'lishi

⚡️Olmaliq shahar hokimligi huzuridagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan kelgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

📌 Kоmissiya raisi Sh.Begiyev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan ozodlikka chiqqan shaxslarni moddiy va ma’naviy jihatdan o‘z vaqtida ta’minlash lozimligini aytib o'tdi.

🔰Yig'ilishda SH.Begiyev, shahar hokimi o'rinbosari M.Minnavarova, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i X.Komolov hamda mas'ullar ishtirok etishdi. Shuningdek, shahar ijtimoiy-moslashuv markazi tomonidan 13 nafar ozodlikka chiqqan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berildi. Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan ishlash istagini bildirgan fuqarolarga bo'sh ish o'rinlari uchun yo'llanmalar berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#targʻibot

Qaror va ijro

⚡️ Olmaliq shahri IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi XQMB katta inspektori, podpolkovnik Gulnoza Sabriyeva tomonidan shahrimizdagi taʼlim muassasalari qizlari bilan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvar kunidagi 21-sonli “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida ”Toʻmaris izdoshlari“ jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, guruhga aʼzolarni qabul qilish yuzasidan targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
“Alisher Navoiy – yirik davlat va jamoat arbobi” mavzusida tadbir o'tkazildi

⚡️ “Ammofos-Maxam” AJ da Buyuk davlat arbobi, mutafakkir va shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – yirik davlat va jamoat arbobi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌 Korxonaning barcha xizmat va sexlarida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari qiziqarli tarzda namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ijro etilgan allomaning she‘r va g‘azallari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Batafsil

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube