Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Deputat_qabuli

Bobur mahallasida deputatlar qabuli bo'lib o'tdi

⚡️ Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shavkat Rayimqulov va Kengash kotibiyat mudiri, deputat Ergash Abdurayimovlar shahrimizning Bobur mahallasi fuqarolarini mahalla binosida qabul qildi.

📌 Qabul jarayonida 10 ga yaqin fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi va mas'ullarga tegishlicha vazifalar belgilandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#Seminar

OTM bilan hamkorlik

⚡️Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

📌 Seminarga Toshkent Stomatologiya instituti JS, SSB va JM kafedrasi professor X.Rustamova hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi dosenti, L.Abduqodirova ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga sog‘lom turmush tarzi, yoshlarni oilaga tayyorlash, oilada kelin kuyov, qaynonaning vazifasi xaqida kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tdi.

🔰 Shuningdek, texnikum direktori M.Sayimov tashabbusi bilan ta’lim sifatini oshirish, muassasada mavjud 4 ta kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish  maqsadida "Kafedra oyligi" ni tashkil etish taklifi asosida "Hamshiralik ishi" kafedrasi ochildi. Seminar pedagogik jamoa hamda o‘quvchi yoshlarda katta taaassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri
#kitobxonlik

⚡️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olmaliq shahar bo‘linmasi tomonidan shahar hokimligi, shahar "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida 14-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida "Kitob - inson ma’naviyati ko‘zgusi!" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 

♦️Uchrashuvda shahar "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, diniy idora vakillari, shuningdek, Jazoni ijro etish muassasa xodimlari hamda jazoni muddatini o‘tayotgan fuqarolar ishtirok etishdi.

🔹Uchrashuv davomida kitobxonlik ma’naviyati, ajdodlarimizning kitobxonlik borasidagi fikrlari bayon etildi. Ularga kitobga bo‘lgan qiziqish yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilishi, har bir inson kitoblar orqali uning ma’naviy xazinasidan, cheksiz imkoniyatidan iloji boricha ko‘proq foydalanib, o‘zining, o‘zgalarning hayotini mazmunan boyitishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

📚Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi tomonidan badiiy kitoblar tuhfa etildi.

@Olmaliq_shahri
#bildirish
#yashil_kredit

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli kredit evaziga xarid qilmoqchimisiz?

Viloyat hududidagi quyudagi tijorat banklariga murojat qilishingiz mumkin.

🏦 Sanoatqurilishbank
Miqdori: 150 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 71) 200-43-43 yoki 1180
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-82-38

🏦 Qishloq qurilish bank
Miqdori: 150 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-00-55 yoki 1254
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-79-33

🏦
Ipoteka-bank
Miqdori: 90 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️ (+998 78) 150-11-22 yoki 1233
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 78) 150-11-22 (ichki 5175)

🏦 Xalqbanki
Miqdori: 60 mln. som
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 71) 210-20-02 yoki 1106
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 70) 762-70-77

🏦 Mikrokreditbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 55) 503-63-63 yoki 1285
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 55) 50

🏦 Mikrokreditbank
Miqdori: 150 mln. so`m
Muddati: 5 yil
Yillik foiz stavkasi: 15%
☎️(+998 55) 503-63-63 yoki 1285
☎️Toshkent viloyati bo'yicha (+998 55) 50

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter