Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.92K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#investitsiya_loyihalari_amalda

Shahrimizda yana bir xizmat ko‘rsatish ob’yekti foydalanishga topshirildi

⚡️Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida shahrimizning Hamza MFY hududida Qirg‘iziston Respublikasi bilan hamkorlikda “Labnet” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 400,0 mln. so‘mlik tibbiy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

📌 Loyiha ishga tushirilishi natijasida 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri
#Deputat_qabuli

Bobur mahallasida deputatlar qabuli bo'lib o'tdi

⚡️ Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shavkat Rayimqulov va Kengash kotibiyat mudiri, deputat Ergash Abdurayimovlar shahrimizning Bobur mahallasi fuqarolarini mahalla binosida qabul qildi.

📌 Qabul jarayonida 10 ga yaqin fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi va mas'ullarga tegishlicha vazifalar belgilandi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#Seminar

OTM bilan hamkorlik

⚡️Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

📌 Seminarga Toshkent Stomatologiya instituti JS, SSB va JM kafedrasi professor X.Rustamova hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi dosenti, L.Abduqodirova ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga sog‘lom turmush tarzi, yoshlarni oilaga tayyorlash, oilada kelin kuyov, qaynonaning vazifasi xaqida kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tdi.

🔰 Shuningdek, texnikum direktori M.Sayimov tashabbusi bilan ta’lim sifatini oshirish, muassasada mavjud 4 ta kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish  maqsadida "Kafedra oyligi" ni tashkil etish taklifi asosida "Hamshiralik ishi" kafedrasi ochildi. Seminar pedagogik jamoa hamda o‘quvchi yoshlarda katta taaassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri