Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.02K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#investitsiya

Tadbirkorning muammolari o‘rganildi

⚡️Olmaliq shahrida sanoat korxonalarining quvvatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar rejasi koʻrib chiqilmoqda. Xususan, ushbu korxonalar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari hamda Olmaliq shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi tomonidan “korxonabay” oʻrganildi.

📌 O'rganish jarayonida shaharda mavjud yirik sanoat va eksportyor "ELEGANT GARMENT TEXTILE" МCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi quvvatni oshirish yuzasidan takliflar jumladan, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, xom ashyo, infratuzilma bilan taʼminlash kabi muammolarini bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Kanalga ulanish:
@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlar loyihalar ijrosini o'rganishda davom etyapti

⚡️Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va shahar Moliya bo'limi vakillari fuqarolar tashabbuslari jamg'armasi hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarning ijrosiňi o'rganishda davom etmoqda.

Kanalga ulanish:
@Olmaliq_shahri
#nazorat

⚡️Olmaliq shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev va sektor rahbarlari - prokuror Abdumalik Quldashev, IIB boshlig‘i Jamoliddin Manazarov "Oydin" dehqon bozorida bo‘lib, narxlarning barqarorligini nazoratdan o‘tkazishdi.

Kanalga ulanish:
@Olmaliq_shahri
#hashar

⚡️Olmaliq shahridagi umumta'lim maktablari tomorqalarida bugun hashar yo‘li bilan obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ariqlar chiqindilardan tozalanib, atrof sarishta holatga keltirildi.

Kanalga ulanish:
@Olmaliq_shahri
Ўзбекистон Республикаси статистика портали ишга туширилди

🏢 Давлат статистика қўмитаси томонидан “Статистика” интеграллашган ахборот тизими (СИАТ) яратилди ҳамда унинг негизида
siat.stat.uz Ўзбекистон Республикаси статистика портали ишга туширилди.

Портал расмий статистика маълумотлар ягона базасини шакллантиради, маълум бир давр бўйича маълумотларни электрон форматларда олиш имкониятини яратади.

СИАТ - расмий статистикани эълон қилиш ва уларни фойдаланувчилар томонидан қидириб топиш вақти 5-10 баробарга, алоҳида сўровлар асосидаги интеграция қилиш вақти эса 10 кундан 1 кунгача қисқартирилди ва бу эса, ўз ўрнида халқаро ташкилотлар, жумладан, Open Data Watch ташкилоти экспертлари томонидан ижобий баҳоланди.

👇 Каналларимизга аъзо бўлинг
|
Instagram| Facebook | Twitter | Telegram
“Hududgaztaʼminot” AJning rasmiy xabari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Kutilayotgan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib o‘tadi.

“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yo’qishdan oldin gaz hidi yo’qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini eslatib o’tadi.

Ta‘kidlash joizki, “Hududgaztaʼminot” AJ ning 16 mingdan ortiq jamoasi, kechayu kunduz tabiiy va suyultirilgan gazni mamlakatning har bir iste‘molchiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Shuning uchun ham “Hududgaztaʼminot” AJ favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida va fuqarolardan tabiiy gaz isteʼmoliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini so‘raydi. Faqatgina undan oqilona foydalanish barcha isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash imkoniyatini beradi hamda havo haroratining pasayishi davrida uning yetishmovchiligini keltirib chiqarmaydi.

Fursatdan foydalanib “Hududgaztaʼminot” AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz taʼminoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkinligini eslatib o’tadi.

Ma'lumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolmasligini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak boʻladi va “Hududgaztaʼminot” Сall-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam berishadi.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Пенсия таъминоти тизимидаги сўнгги янгиликлар

Пенсия ҳисоблашда инобатга олинадиган ўртача иш ҳақи миқдори оширилди.

Биргина паспорт ёки идентификация ID-картаси орқали Давлат пенсияларини тайинлаш имконияти яратилди

I ва II гуруҳ ногиронлик пенсияси тайинлангандан кейинги ишлаган вақт иш стажига қўшиб ҳисобланади

📞 11-40 🌍 pfru.uz

Telegram 📱Facebook 📱Instagram 🌐Youtube
#пенсия_жамғармаси_хабар_қилади

▶️ “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартишлар киритиш ҳақида”ги ЎРҚ-791-сон Қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги
ПФ-60-сон Фармон ижросини таъминлаш мақсадида пенсияларини ҳисоблаб чиқариш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг энг юқори чегараси пенсияни ҳисоблаш базавий миқдорининг ўн баробаридан ўн икки баробарига оширилди.

Бунда, 2023 йил 1 январга қадар пенсия ҳисоблашда инобатга олинган ўртача ойлик иш ҳақи миқдори 3 млн. 240 минг сўмдан юқори бўлган барча пенсиялар қайта ҳисоб-китоб қилиб чиқилади.

Натижада 368 минг нафардан ортиқ фуқаронинг пенсия миқдори қайта ҳисоб-китоб қилинади.

Мисол учун:

Амалда 35 йил иш стажи ва 3 900 000 млн ўртача ойлик иш ҳақига эга бўлган эркак кишига ёшга доир пенсия миқдори қуйидагича ҳисобланган:

Фуқаронинг ўртача ойлик иш ҳақи миқдори пенсия ҳисоблаш базавий миқдорининг
10 бараваридан (3 240 000 сўмдан) юқори бўлганлиги сабабли, пенсия ҳисоблаш учун инобатга олинадиган ўртача ойлик иш ҳақи миқдори 3 240 000 сўмдан пенсия ҳисоб-китоб қилинади.

Энг авваламбор пенсиянинг таянч миқдори аниқланиб олинади – 1 782 000 сўм (пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг яъни 3 240 000 сўмнинг 55 фоизи).
Сўнгра ортиқча иш стажи учун пенсияни оширилиши – 324 000 сўм(ҳар бир ортиқча иш стаж учун пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақи 1 фоизга оширилади яъни пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг яъни 3 240 000 сўмнинг10 %).

Жами пенсия миқдори 1 782 000 + 324 000 = 2 106 000 сўм

2023 йил 1 январдан сўнг:

Фуқаронинг ўртача ойлик иш ҳақи миқдори пенсия ҳисоблаш базавий миқдорининг 12 бараваригача бўлган миқдордан (3 888 000 сўмдан) пенсия ҳисоб-китоб қилинади.
Пенсиянинг таянч миқдори аниқланиб олинади – 2 138 400 сўм(пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг яъни, 3 888 000 сўмнинг 55 фоизи).
Иш стажи учун пенсиянинг оширилиши – 388 800 сўм(ҳар бир ортиқча иш стаж учун пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақи 1 фоизга оширилади яъни, пенсияни ҳисоб-китоб қилиш учун қабул қилинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг яъни 3 888 000 сўмнинг 10 %).

Жами пенсия миқдори 2 138 400 + 388 800 = 2 527 200 сўмни ташкил этади.

Демак, фуқаронинг 2023 йил 1 январдан бошлаб пенсия миқдори 2 527 200 сўмни ташкил этиб, амалдагига нисбатан 421 200 сўмга ошган.

❗️Эслатиб ўтамиз, пенсияси ошадиган фуқароларнинг пенсия миқдори автоматик тарзда қайта ҳисоб-китоб қилинади. Бунда пенсия олувчилар Пенсия жамғармасига мурожаат этиш зарурияти йўқ.

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Олмалиқ шаҳар бўлими.

Каналга уланиш:
@Olmaliq_shahri
#targ‘ibot

⚡️Bugun Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bolimi xodimlari tomonidan aholi yashash xonadonlarida fuqarolar bilan qish mavsumida sodir bolishi mumkin bolgan yong’in, chaqnash va is gazidan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ’ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🔥 O’tkazilgan targibot tadbirlari davomida fuqarolarimizga elektr va gaz jihozlaridan me’yor talablari asosida foydalanish, yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo`yicha tushuntirish berildi. Tadbir mobaynida ishtirokchilarga mavzuga doir turli tarqatma materiallari tarqatildi.

🧯❗️ Hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari, o’zingiz va yaqinlaringiz hayotiga e’tiborsiz bo’lmang! Yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiling!

Kanalga ulanish:
@Olmaliq_shahri