Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.78K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
126 files
8.66K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#sarhisob
#eʼtirof

Yoshlarga oid siyosat - amalda

🖐🖐 Xabar berganimizdek, kuni kecha shahrimizdagi “Metallurg” madaniyat saroyida Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi tomonidan 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarhisob yigʻilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

📁 Tadbir avvalida shahar hokimi Qobil Xamdamov soʻz olib, shahar yoshlariga yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtib, bu borada faol harakat qilayotgan masʼullar hamda yoshlarga minnatdorlik bildirib oʻtdi. Soʻng Yoshlar agentligi shahar boʻlimi rahbari Navroʻzbek Alimov tomonidan joriy yil davomida “Yoshlar daftari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan bajarilgan ishlar hisoboti tinglandi.

🎉Jarayonda mahalladagi iqtidorli yoshlar tomonidan raqs, sheʼriy va musiqiy chiqishlar hamda “Chambil” mahallasi yoshlaridan tashkil topgan “Bojalar” jamoasining yumorga boy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

💢 Shuningdek, tadbir davomida ishtirok etgan shahar sektor rahbarlari tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgan tashkilot va uning xodimlariga agentlik tomonidan tashakkurnoma va sovgʻalar tantanali tarzda topshirildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фойдаланиш_учун_йўриқнома

⚡️Давлат фуқаролик хизматининг ягона электрон ахборот портали қатор имкониятларни тақдим этади!

Давлат фуқаролик хизматчилари ва фуқаролар учун — my.argos.uz портали Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги томонидан ишга туширилган.

my.argos.uz портали орқали шахснинг меҳнат фаолияти, маълумоти, сертификатлар, қариндошлар, vacancy.argos.uz платформасидан фойдаланган бўлса тест босқичидаги натижалар, шунингдек, интизомий жазолар, рағбатлантиришлар, объективка ва тана вазни индекси тўғрисидаги маълумотлар шакллантирилмоқда.

Ушбу маълумотларни фуқаро томонидан мустақил киритиш имконияти ҳам яратилган.

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️Olmaliq shahar hokimligi va Diniy qo‘mita hamkorligida mahalla raislari va yoshlar yetakchilari bilan yoshlarni turli radikal qarashlardan asrash bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida fuqarolarimiz faqatgina o'zlarini emas, qolaversa butun bir jamiyat yo'lida jiplashishi, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hamda kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_muruvvat_oyligi

Ehtiyojmand ayolga nogironlik aravachasi berildi

⚡️O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Toshkent viloyati tashkilotining "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" davlat dasturi ijrosini ta'minlashda NNTlar ishtiroki" mavzusidagi grant tanlovining "Nogironlikni oldini olish, nogironlar aravachasi va protez-ortоpediya mahsulotlariga muhtoj bo'lgan fuqarolarni aniqlash, nogironlar aravachasi va protez ortopediya mahsulotlari bilan ta'minlashda ko‘maklashish" munosabati bilan o'tkazilayotgan xayriya aksiyasi doirasida Qizil Yarim Oy Jamiyati Toshkent viloyati tashkiloti raisi D.Ahmedova tomonidan shahrimizdagi S.Olloyor mahallasida yashovchi 1-guruh nogironligi bo'lgan N.Bayramovaga nogironlik aravachasi berildi.

📎 Nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan xayriya aksiyasi munosabati bilan N.Bayramova aravacha uchun mamnun bo'lib, mas'ullarga minnatdorchilik bildirdi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM