Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.03K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#qaror_va_ijro

Mahallalardagi dolzarb muammolar yechimini topish arafasida

⚡️Joriy yilning sentyabr oyida aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi eng dolzarb muammolarni o‘rganish orqali 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent viloyati shtabining Olmaliq shahriga biriktirilgan vakili Shohruh Abdiyev va shahrimiz sektor rahbarlari boshchiligida shahrimizdagi barcha mahallalarda o‘rganish olib borilgan edi.

Ushbu o‘rganish davomida mahallalarda aniqlangan muammo va masalalar 2022-2023 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritilib, viloyat va respublika mutasaddilariga takliflar kiritilgandi.

Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrda "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-son qaroriga kiritilib, ijrosi bo‘yicha bugun Olmaliq shahridagi mahallalar fuqarolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, Olmaliq shahridagi 43 ta mahalladagi 62 ta loyihaga 47 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, unda 20 ta ichki yo‘lni asfaltlash, piyodalar yo‘lagi barpo etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yoritish chiroqlari o‘rnatish, sport maydoni qurish hamda 12 ta mahalla idorasi qurish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan faol jamoatchilik nazoratini olib borish, mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli mas’ullar tomonidan bugun "Saxovat", A.Navoiy, "Koinot", "Oltin", H.Olimjon, "Qalmoqqir", "Yulduz", M.Ulug‘bek, "Mustaqillik" MFYlarida ana shunday uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bugun shuningdek, S.Olloyor, "Ko‘rpasoy", T.Malik, "Oydin", "Shoshiloq", "Kimyogar", Cho‘lpon, "Metallurg", Uvaysiy, "Gultepa" MFYlari aholisi bilan ham bu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

@Olmaliq_shahri
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 "Yashil makon" loyihasi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish, yashil maydonlarni kengaytirish yuzasidan PF-46-sonli qarori ishlab chiqilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ammofos-Maxam” AJ korxonasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 2️⃣6️⃣ - 2️⃣7️⃣ - 2️⃣8️⃣ - 2️⃣9️⃣ - oktabr kunlari “Ammofos-Maxam” AJga qarashli “Kimyogar” madaniyat va sport majmuasi hududida joylashgan sobiq “Quyoshli” bolalar o'yingohida 🌳🌿 obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Batafsil: 👈
▫️Веб-сайт ▫️ Telegram▫️ Facebook ▫️Instagram ▫️Youtube
#besh_tashabbus

⚡️Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo'limi hamda Toshkent viloyati "Zakovat" klubi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsumi doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

📌Ushbu musobaqada mahalla jamoalari ishtirok etishib eng kuchli bilim egalari musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

@Olmaliq_shahri