Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.69K subscribers
33.6K photos
3.17K videos
131 files
8.67K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
UNICEF hamkorligidagi o'quv-seminar

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-300-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining vazifalari to‘g‘risida videoselektor ko‘rinishida o'quv-seminar o'tkazildi.

📌 Seminarda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig‘i M.Minavarova boshchiligida bo'lim xodimlari va 52 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari ham ishtirok etishdi.

❇️ Seminar davomida mahallada ijtimoiy xizmat modulida ishlash yuzasidan amaliy koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha taqdimot boʻldi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari muloqotda

⚡️Bugun Olmaliq shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida Olmaliq shahar Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Gʻayrat Xamirov boshchiligi XTB xodimlari va umumtaʼlim maktablari rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

📌Sayyor qabulning asosiy maqsadi taʼlim tizimi boʻyicha fuqarolar va ota-onalarning taklif va fikrlarini oʻrganish, soha boʻyicha mavjud muammolarni aniqlab yechimini topishdan iborat boʻlib, qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynagan savollarga masʼullardan javob oldilar.

Shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari va uydagi taʼlim masalalari boʻyicha tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#qabul_vaqti

Toshkent viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mahmudov Shukurulla Nasimxonovichning 2022-yil 28 oktyabr kuni soat 15:00 da Nurafshon shahri, “Oybek” mahallasi hududidagi Xalq qabulxonasida ommaviy sayyor qabuli oʻtkazilishi maʼlum qilinadi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar qurilish, bunyodkorlik hamda ekologiya sohalarida yuzaga kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishlari mumkin.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aksiya
#OAVda

⚡️ Jismoniy shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi doirasida mahalla fuqarolar yigʻini raislari va notariuslar oʻrtasida seminar tashkil etildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Soʻfi Olloyor MFY fuqarolari bilan sayyor qabul tashkil etildi

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishni yangi mexanizmlarini joriy etish, aholini ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini oshirish boʻyicha muntazam ravishda sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

📌 Xususan, kuni kecha 2-sektor rahbari, prokuror Abdumalik Kuldashev tomonidan Soʻfi Olloyor MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida 13 ta murojaat va takliflar tinglandi. Tinglangan murojaatlarning aksariyati moddiy yordam masalasida boʻlib, barchasi nazoratga olindi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar kompyuter savodxonligiga o'qitilmoqda

⚡️IT Park O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda "Ayollar daftari" 3-bosqichiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand 40 nafar xotin-qizlar uchun "Kompyuter savodxonligi" kursiga start berildi.

📌Birinchi o'quv darsida shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Marhabo Minavarova ham ishtirok etib, shahrimiz xotin-qizlari o'qishi, o'rganishi barcha shart-sharoitlar yaratilgani, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamisha ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

@Olmaliq_shahri