Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.96K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
🏭 “Ammofos-Maxam” AJ “Xon atlas” festivalida ishtirok etmoqda

Mazkur festival doirasida 28-29-sentabr kuni jamiyat xotin-qizlari milliy libosda o‘zgacha ko‘rinish kasb etishdi. Ayniqsa,⚡️Energiya ta’minoti sexi, ⚙️NO‘A va A sexi hamda 🩺Tibbiy punktlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faol qatnashdi. Aytishimiz mumkinki, milliy atlas-adras liboslarimiz har qanday ayolni yana-da latofatli ko‘rsatadi.


Batafsil: 👈

▫️Веб-сайт ▫️ Telegram▫️ Facebook ▫️Instagram ▫️Youtube
#Rasmiy

Shavkat Joʻrayevich Rahimov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida faollar yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Shavkat Joʻrayevich Rahimovni Toshkent viloyati prokurori sifatida tanishtirildi.

Shavkat Rahimov 1996-yildan buyon prokuratura organlarida faoliyat yuritib keladi. U 2011-yil mart oyidan boshlab Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda Nigʻmatilla Yoʻldoshev viloyatda qonun ustivorligini taʼminlash borasidagi mavjud vaziyat haqida tanqidiy-tahliliy nutq so'zladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#profilaktika

⚡️Joriy yilning 29 sentabr kuni profilaktika kuni munosabati bilan Olmaliq shahar 4-sonli hamda 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida Bolalarni himoya qilish sho'ba mudiri J.Tog'ayev, IIB HPB BEMB inspektor-psixolog-podpolkovnik F.Xalmenova hamda yoshlar yetakchilari D.Xudoyberdiyev va A.Tuzelboyevlar tomonidan voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatjilikni oldini olish, davomat va tig' bo'yicha profilaktik suhbatlar o'tkazildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Audio
⚡️Dayjest ⚡️Maktabgacha taʼlim

Toshkent viloyatida 212 ming 851 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud boʻlib, ayni damda ularning 65 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Bugungi qisqa xabarlarimizda Toshkent viloyati maktabgacha taʼlim tizimidagi yangiliklar!

🔘Toshkent tumani. “Istiqbol” mahallasida yangi oilaviy bogʻcha bolajonlarga eshik ochdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni“ bayram tantanalari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Joriy yilda 5 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ evaziga maktabgacha taʼlim tashkilotlari mukammal va joriy taʼmirlandi. Qamrov darajasi 76 foizdan oshdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. "Xalqabod“ mahallasida qarovsiz ahvolda yotgan qishloq vrachlik punkti oʻrnida zamonaviy 90 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qad rostladi.

🔘Piskent tumani. Tumanning eng olis, chegara hududlarida ham tadbirkorlarning tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilmoqda. Natijada tumanda joriy yilda qamrov darajasi 75 foizga yetkazildi.

🔘Chirchiq shahri. Yangitdan bunyod etilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilishi jarayonlari rahbarlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. ”Men va mening doʻstlarim“ mavzusida hududlarda bolajonlar bilan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔘Bekobod tumani. Oʻtgan 9 oy davomida tumanda 150 oʻrinli 6 ta oilaviy MTT tashkil etildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari "Xon atlas“ chellendjida faol ishtirok etmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 1-sonli MTTda muassasa xodimlari tomonidan ”Zumrad va Qimmat" ertagi sahnalashtirildi.

🔘Ohangaron tumani. 2021-2022-yillar mobaynida Ohangaron tumanida jami 30 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilди. Shu yillar mobaynida 29 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etilib, ularning umumiy soni 52 taga yetkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ochiq_muloqot
#sayyor_qabul

Sektor rahbarlari fuqarolar bilan muloqotda

⚡️Kun tartibiga ko‘ra, juma shahar sektor rahbarlari boshchiligida 1-sektor shtabida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanadi. Odatdagidek, bugun ham shtab hovlisida sayyor qabul tashkil etildi.

📌Ochiq muloqot tarzida olib borilayotgan qabul davomida shahar hokimi Qobil Xamdamov, IIB boshlig‘i Jamoliddin Manazarov va hokim o‘rinbosarlari Shermuhammad Begiyev, Hamidullo Kamolov, Sohib Axmedov hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, tinglangan muammo va takliflar tegishli mas’ullar tomonidan ijro etilishi nazoratga olinmoqda. Bugungi qabulga 10 ga yaqin fuqarolar kelishgan.

@Olmaliq_shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy

#Mobil_guruh

Olmaliq shahri Furqat mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Rustamjon Abdullayevning internet orqali yoʻllagan murojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter